Kontent qismiga oʻtish

Izotoplar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Izotoplar (izo yunoncha bir degan ma'noni topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlariga teng, atom massasi har xil boʻlgan atom turlarining atom yadrosidagi protonlar soniga teng , neytronlar soni esa har xil (atom qobigʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning I. i yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, atom massasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning I.i kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Masal, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar I.dan farq qilib izobarlar, yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, atom massasi 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir suv olinadi.

Kimyodagi o‘rni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deyteriy yadrosiga bitta neytron qoʻshilsa, oʻta ogʻir vodorod — tritiy, uning kislorod bilan reaksiyasi natijasida suv hosil boʻladi. Deyteriy va tritiy vodorodning ogir I.i, ulardan hosil boʻlgan suvlar kimyoviy hossalari jihatdan oddiy suvdan farq, qilmasada, fizik xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Tabiatdagi ko'pchilik kimyoviy elementlar aralash I.dan iborat, deyarli hamma elementlarda I. mavjud. Masalan, simob 7 ta, qalay 10 ta, uran esa 3 ta izotopga ega. Xozirgacha 280 ga yaqin barqaror va 2000 dan ortiq radioaktiv I. maʼlum. Sunʼiy I.dan tinchlik va harbiy maqsadlarda yonilgʻi sifatida foydalaniladi.[1]

Toshboltayeva Nilufar tomonidan tayyorlangan Wikipedia.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil