Izotonik eritmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izotonik eritmalar – osmotik bosimi qonning osmotik bosimi bilan, shuningdek, oʻsimlik yoki hayvon hujayralaridagi osmotik bosim bilan baravar boʻlgan eritmalar. Sunʼiy I. e. fiziologik eritmalar deb yuritiladi. Tibbiyot amaliyotida, shuningdek, fiziologik eksperimentlar (tajribalar) oʻtkazishda keng qoʻllanadi[1]. Koʻp qon ketishi organizmni halokatga olib keladi. Yoʻqotilgan qonnning oʻrnini toʻldirish uchun osmoitik bosimi qon plazmasi bosimiga teng boʻlgan Izotonik eritma (0,9%li osh tuzi eritmasi)dan foydalaniladi. Tibbiyotda tarkibida organizm uchun zarur boʻlgan tuzlar kompleksi, qosillar, glukoza boʻlgan qonning oʻrnini bosuvchi eritmalardan ham foydalaniladi[manba kerak].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil