Izolyator (qurilma)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izolyator — 1) elektr kuchlanishi ostida boʻlgan elektr qurilmalarini elektrdan ajratish (izolyasiyalash) va mexanik bogʻlash uchun moʻljallangan qurilma. I. dielektrik va uni mahkamlash detallaridan iborat. Tokni yomon oʻtkazadigan materiallar (mas, chinni, ebonit, shisha, steatit, ultrachinni va b.) dan yasaladi. I.ning tuzilishi va oʻlchamlari ularga qoʻyiladigan mexanik yuk (nagruzka) lar va qurilmadagi elektr kuchlanishga, ishlatish sharoitlariga qarab tanlanadi. Elektr uzatish liniyalaridagi ochiq elektr st-yalari hamda kichik st-yalardagi I.ga atmosfera, yogingarchiliklar kuchli taʼsir etadi. Bunday hollarda I.ning tashki yuzasi murakkab shakllarda yasaladi, 6—35 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida shtirli I., undan yuqori kuchlanishli liniyalarda I. shodalari, ichiga transformator moyi toʻldirilgan chinni korpusli I. qoʻllaniladi; 2) solishtirma elektr qarshiligi katta boʻlgan modda (dielektrik); 3) radiotexnikada — elektr qarshiligi katta boʻlgan 2 simli yoki koaksi-al liniyaning qisqa tutashtirilgan boʻlagi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil