Izohli lugʻat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Izohli lug‘atdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Izohli lugʻat — lingvistik lugʻat turlaridan biri. Unda, birinchidan, lugʻatga kiritilgan har byr soʻzning (bosh soʻzning) maʼnosi, koʻp maʼnoli boʻlsa, maʼnolari belgilanadi va qayd etiladi. Ikkinchidan, bu maʼno (maʼnolar) izohlanadi, yaʼni tushuntiriladi — tavsifiy yoʻl bilan qayd etiladi. Xuddi shu xususiyatiga koʻra "Izohli lugʻat" deb ataladi.

I.l.ga muayyan soʻz ishtirokida hosil boʻlgan iboralar ham kiritilishi mumkin (chunki ular ham, umuman olganda, lugʻaviy birlik hisoblanadi). Mac, "qoʻl" yoki "gul" soʻzlari uchun tuzilgan lugʻat maqolasidan birida "qoʻli gul" iborasi ham beriladi, maʼnosi belgilanib qayd etiladi va izohlanadi. Lingvistik lugʻatlarning boshqa turlarida ham (mas, terminologik, tarjima lugʻatlarida) ularga kiritilgan lugʻaviy birliklarning , yaʼni soʻz va turgʻun birikmalarning maʼnosi (maʼnolari) belgilanishi qayd etilishi va izohdanishi mumkin. Bunday lugʻatlar ham ana shu xususiyati bilan I.l.lar qatoriga kiradi. Ular, odatda, lingvistik lugʻatning qaysi turiga mansubligiga va izohli ekaniga koʻra nomlanadi. Mas, "Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati", "Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati" va b.

Oʻzbek tilining nisbatan mukammal I.l.i tarixda birinchi marta Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida tay-yorlanib (mualliflari: S. F. Akobirov, T. A. Aliqulov, S. I. Ibrohimov, N. M. Mamatov, 3. M. Mirtojiyev, G. N. Mixaylov, A. R. Rustamov, A. T. Xoʻjaxo-nov, A. P. Hojiyev), 3. M. Maʼrufov tahriri ostida nashr etildi (Moskva, 1981). Mazkur lugʻat 2 jildli boʻlib, 60000 soʻz va soʻz birikmasini qamrab olgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishib, madaniy va milliy qadriyatlarga eʼtibor kuchayganligi munosabati bilan oʻzbek tilining soʻz boyligi yanada kengroq qamrab olingan yangi I.l. nashr etish zarurati paydo boʻldi. Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti va "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyotida oʻzbek tilining koʻp jildli I.l.i nashri ustida ish olib borilyapti.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil