Izobarik jarayon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izobarik jarayon — bosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Izobarik jarayon sistemaning termodinamik holat diagrammasida izobara bilan tasvirlanadi. Atmosfera bosimida sodir boʻladigan fizik jarayonlar, jumladan, suvning isishi, ochiq idishdagi gazning qizishi yoki sovishi, moddaning ikki fazali holatidagi izotermik jarayon va koʻpgina kimyoviy reaksiyalar izobarik jarayonga misol boʻla oladi. Yuqori va past bosimlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilishda, issiklik mashinalarida (masalan, Joul, Dizel sikllari) izobarik jarayon dan foydalaniladi.

Ideal gaz hajmi V izobarik jarayonda temperaturaga toʻgʻri proporsional (Gey — Lyussak qonuni). Izobarik jarayonda ideal gazning bajargan ishi pAV ga teng va, demak, tashqaridan olingan issiklik miqdori uning temperaturasi ortishiga va ish bajarishiga sarf boʻladi. Shuning uchun izobarik jarayondagi issiqlik sigim Sr izohorik jarayonsatp (bu holda ish bajarilmaydi) issiqlik sigʻim Su dan har doim katta.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil