Ixtiyor Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich
Абдуллаев Ихтиёр Бахтиёрович
Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi
31-yanvar 2018-yildan — 11-fevral 2019-yilgacha
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Rustam Inoyatov
Vorisi: Abdusalom Azizov
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
21-aprel 2015-yildan — 31-yanvar 2018-yilgacha
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Rashid Qodirov
Vorisi: Otabek Murodov
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi
2009-yildan — 2015-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Ravshanbek Shamsiyev
Vorisi: Davron Nazarmuhamedov
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi
2006-yildan — 2009-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Ahmadjon Saidaliyev
Vorisi: Muidjon Tohiriy
 
Fuqaroligi: Flag of Uzbekistan.svg Oʻzbekiston
Tavalludi: 22-may 1966 (1966-05-22) (53 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
 
Harbiy xizmatlari
Xizmat qilgan yillari: 1988-2019
Unvoni: General-leytenant
 
Mukofotlari:

Mehnat shuhrati ordeni1-darajali Shon-sharaf ordeni

Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich (oʻzb. — Abdullaev Ixtiyor Baxtiyorovich; 1966-yil 22-may, Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi (2018-2019), Bosh prokurori (2015-2018), Oliy Majlis Senatining aʼzosi (2010-2015), Oʻzbekiston Prezidentining kadrlar boʻyicha Davlat maslahatchisi (2009-2015), Oʻzbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi idoralar boʻyicha Davlat maslahatchisi (2006-2009) lavozomlarida ishlagan.

Biografiya[tahrir]

  • 1966-yil 22-mayda Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani Toʻqaytepa qishlogʻida tugʻilgan.
  • Maʼlumoti boʻyicha huquqshunos. 1990-yilda Perm davlat universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
  • 1988-1990 yillarda — Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi sud ijrochisi.
  • 1990-1993 yillarda — Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasida maslahatchi, bosh maslahatchi.
  • 1993-1995 yillarda — Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi raisi vazifasini bajaruvchi.
  • 1995-1997 yillarda — Fargʻona viloyati sudi raisi, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi.
  • 1997-2000 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining fuqarolik va amnistiya masalalari boʻyicha referenti.
  • 2000-2001 yillarda — Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudi raisi.
  • 2001-2002 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.
  • 2002-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 2006-2009 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi.
  • 2007-2009 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori.
  • 2009-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kadrlar boʻyicha Davlat maslahatchisi[1].
  • 2015-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori[2].
  • 2018-yil 31-yanvardan 2019-yil 11-fevralgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi.
  • 2010-2015 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi[3][4][5].
  • 2019-yil 11-fevralda salomatligi yomonlashgani tufayli isteʼfoga chiqarilgan. 12-fevral kuni mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, mansab soxtakorligi, pora olish kabi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan[6]. 27-sentyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev va u tuzgan jinoiy uyushma aʼzolari ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan hukm eʼlon qilindi. Ixtiyor Abdullaev jinoiy uyushma tashkil etib, mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini koʻzlab, juda koʻp miqdorda pora olish, Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilik, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyatlar majmui tariqasida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.[7]

Oilasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]