Ixroj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixroj (Tithymalus zeravchanicus) — sutlamadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 40 sm cha, serpoya va serbarg . Barglari nashtarsimon, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari oddiy, toʻpguli soyabonsimon. Me-vasi koʻsakcha. Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida toshlar orasida oʻsadi. Tar-kibida smola, kislotalar, oshlovchi va b. moddalar bor. Tabobatda surgi, ish-taha ochuvchi dori sifatida hamda yaralarni davolashda ishlatiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil