Ivonka Survilla
| Ivonka Survilla | |
|---|---|
Івонка Сурвілла | |
|
Survilla, 2016-yi | |
| Belarus Demokratik Respublikasi (BDR) Radasining muhojirlikdagi prezidenti | |
|
Mansab davri 1997-yil 30-avgust | |
| Oʻtmishdoshi | Jazep Sažyč |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
Івонка Шыманец / Iwonka Szymaniec 1936-yil 11-aprel Stołpce, Ikkinchi Polsha Respublikasi, (hozirgi Stowbtsy, Belarus) |
| Turmush oʻrtogʻi | Janka Survilla |
| Bolalari | Hanna-Pradslava Survilla, Maria Paula Survilla |
| Istiqomat joy(lar)i | Ottava, Ontario, Kanada |
| Alma mater | Parij universiteti |
| Mukofotlari |
|
| Vebsayti | radabnr.org |
Ivonka Survilla (belaruscha: Івонка Сурвілла; 1936-yil 11-aprelda tugʻilgan), tugʻilgan paytidagi ismi Iwonka Szymaniec, muhojirlikdagi Belarus Demokratik Respublikasi Radasining prezidenti.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivonka Survilla (asl ismi Iwonka Szymaniec) oʻsha paytda Ikkinchi Polsha Respublikasining (Gʻarbiy Belarus) hududi hisoblangan Stowbtsy shahrida muhandis Uladzimier Šymaniec va Evelina Šymaniec (qizlik familiyasi Paškievič) oilasida dunyoga kelgan.
1940-yilda Sovet Ittifoqi Gʻarbiy Belarusni anneksiya qilganidan soʻng, Uladzimier Šymaniec sovetlar tomonidan hibsga olinib, Gulagda besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi natijasida qochishga muvaffaq boʻlgan[1].
1944-yilda Ikkinchi jahon urushi davrida Survillaning oilasi minglab boshqa qochqinlar qatori Sharqiy Prussiya orqali Gʻarbga qochdi va Daniyaga yetib bordi. U yerda ular bir necha yil davomida qochqinlar lagerida yashashga majbur boʻldi. Safar davomida Ivonkaning singlisi vafot etgan[2].
1948-yilda Ivonkaning oilasi Fransiyaga koʻchib oʻtdi va Parij shahriga joylashdi. Šymanieclar oilasi mahalliy belarus diasporasi hayotida ishtirok etgan. Ivonka Survilla avval Parijdagi Beaux-Arts sanʼat maktabida tahsil olgan, soʻngra Sorbonna universitetining gumanitar fanlar fakultetini tamomlagan.
1959 yilda Ivonka Šymaniec belaruslik iqtisodchi, faol jamiyat arbobi va radio boshlovchisi Yanka Survillaga turmushga chiqqan. Ular birgalikda Ispaniyaning Madrid shahriga koʻchib oʻtishgan va u yerda Franko rejimi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan belarus tilidagi radio dasturini olib borishgan[3].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivonka Survillaning ikki nafar qizi bor. Uning qizlaridan biri Maria Paula Survilla (1964–2020) Ayova shtati Waverly shahridagi Wartburg kollejida etnomusiqashunoslik professori boʻlgan[4]. Ivonkaning turmush oʻrtogʻi Yanka Survilla 1997-yilda Ottavada vafot etgan.
Survilla rassom sifatida 30 dan ortiq koʻrgazmalarda ishtirok etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Road from Stoupcy to Copenhagen to Paris to Madrid to Ottawa to Miensk – The Memoirs of Ivonka Survilla (in Belarusian)
- ↑ The Road from Stoupcy to Copenhagen to Paris to Madrid to Ottawa to Miensk – The Memoirs of Ivonka Survilla (in Belarusian)
- ↑ The Road from Stoupcy to Copenhagen to Paris to Madrid to Ottawa to Miensk – The Memoirs of Ivonka Survilla (in Belarusian)
- ↑ „Радыё СВАБОДА / Беларускае замежжа.“. archive.svaboda.org. Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
- ↑ „Радыё СВАБОДА / Беларускае замежжа.“. archive.svaboda.org. Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Ivonka Survilla“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
- Belarus Demokratik Respublikasi Radasining rasmiy veb-sayti
- Ivonka Survilla savollarga javob beradi (belaruscha)