Ivica Olić
|
Olić CSKA Moskva murabbiyligida (2021-yil) | |||||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | |||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ivica Olić[1] | ||||||||||||||||||
| Tavallud sanasi | 1979-yil 14-sentyabr | ||||||||||||||||||
| Tavallud joyi | Davor, Xorvatiya SR, Yugoslaviya | ||||||||||||||||||
| Boʻyi | 1.82 m[2] | ||||||||||||||||||
| Ampluasi | Strayker, vinger | ||||||||||||||||||
| Klub maʼlumoti | |||||||||||||||||||
Joriy klub | Croatia U21 (manager) | ||||||||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||||||||||||||||||
| Posavac Davor | |||||||||||||||||||
| Marsonia | |||||||||||||||||||
| Professional faoliyati* | |||||||||||||||||||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | ||||||||||||||||
| 1996—1998 | Marsonia | 42 | (17) | ||||||||||||||||
| 1998—2000 | Hertha BSC II | 30 | (10) | ||||||||||||||||
| 1998—2000 | Hertha BSC | 2 | (0) | ||||||||||||||||
| 2000—2001 | Marsonia | 42 | (21) | ||||||||||||||||
| 2001—2002 | → NK Zagreb | 28 | (21) | ||||||||||||||||
| 2002—2003 | Dinamo Zagreb | 27 | (16) | ||||||||||||||||
| 2003—2007 | CSKA Moskva | 78 | (35) | ||||||||||||||||
| 2007—2009 | Hamburger SV | 78 | (29) | ||||||||||||||||
| 2009—2012 | Bayern Munich | 55 | (13) | ||||||||||||||||
| 2012—2015 | VfL Wolfsburg | 78 | (28) | ||||||||||||||||
| 2015—2016 | Hamburger SV | 25 | (2) | ||||||||||||||||
| 2016—2017 | 1860 Munich | 30 | (5) | ||||||||||||||||
| Total | 515 | (197) | |||||||||||||||||
| Milliy terma jamoa | |||||||||||||||||||
| 1996 | Xorvatiya U17 | 3 | (0) | ||||||||||||||||
| 1997 | Xorvatiya U18 | 1 | (0) | ||||||||||||||||
| 1997—1998 | Xorvatiya U19 | 9 | (1) | ||||||||||||||||
| 1998 | Xorvatiya U20 | 1 | (0) | ||||||||||||||||
| 2000—2001 | Xorvatiya U21 | 6 | (2) | ||||||||||||||||
| 2002—2015 | Xorvatiya | 104 | (20) | ||||||||||||||||
| Boshqargan klublari | |||||||||||||||||||
| 2017—2021 | Xorvatiya (yordamchi) | ||||||||||||||||||
| 2021 | CSKA Moskva | ||||||||||||||||||
| 2021—2024 | Xorvatiya (yordamchi) | ||||||||||||||||||
| 2024– | Xorvatiya U21 | ||||||||||||||||||
Medallar
| |||||||||||||||||||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||||||||||||||||||
Ivica Olić[3] (1979-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi boʻlib ishlaydi.
Faoliyati davomida Olić Germaniya Bundesligasining „Hamburger SV“, „VfL Wolfsburg“ va „Bayern Munich“ kabi klublarida oʻynagan; Moskvaning CSKA klubi bilan 2004–05-yilgi UEFA kubogini qoʻlga kiritgan va Xorvatiya terma jamoasi safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Olić asosan markaziy hujumchi sifatida oʻynagan, ammo qanot hujumchisi sifatida ham harakat qila olgan. Hal qiluvchi vaziyatlarda oʻzini koʻrsata oladigan chinakam yetakchi oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgan Olić oʻzining maydondagi yuqori ishchanligi bilan ajralib turgan[4]. 2009 va 2010-yillarda Xorvatiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Olić „Bayern Munich“ bilan 2010 va 2012-yillarda UEFA Chempionlar Ligasining ikkita finalida maydonga tushgan.
Olić Xorvatiya sharafini uchta FIFA Jahon chempionatida — 2002, 2006 va 2014-yillarda hamda ikkita UEFA Yevropa chempionatida — 2004 va 2008-yillarda himoya qilgan; 2015-yilda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlashidan oldin, 2014-yil 16-noyabrda terma jamoa safidagi oʻzining 100-uchrashuvini oʻtkazgan.
U murabbiylik faoliyatini 2017-yilda boshlagan boʻlib, Zlatko Dalić Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng uning murabbiylar shtabiga qoʻshilgan. U jamoaning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga chiqishiga va UEFA Yevro-2020 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishiga yordam bergan, shuningdek, jamoadagi faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turgan holda oʻzining sobiq klubi — Moskvaning CSKA jamoasida qisqa muddat bosh murabbiylik qilgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olić va uning xorvat-nemis rafiqasi Natalining mos ravishda Luka, Antonio va Lara ismli ikki o‘g‘li va bir qizi bor[5]. Ko‘pgina hamkasblaridan farqli o‘laroq, u OAV e’tiboridan chetda yurishni afzal ko‘radi va odatda tinch shaxsiy hayot kechiradi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players“. FIFA (2014-yil 11-iyun), s. 12. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
- ↑ „Ivica Olić“. VfL Wolfsburg. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
- ↑ „Ìvan“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Ȉvica“. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
- ↑ „Bilić šokiran zbog Olića: Ovo je užas i horor!“ (hr). tportal.hr (2012-yil 4-iyun). Qaraldi: 2013-yil 18-aprel.
- ↑ „Olic: Nothing's decided yet“. FIFA (2009-yil 3-iyun). 2012-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
- ↑ „Breitner lobt Olic: Ein Hochgenuss“ (de). Abendzeitung (2009-yil 10-dekabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Ivica Olić“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Ivica Olić – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Ivica Olić – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Ivica Olić National-Football-Teams.com saytida
- Ivica Olić Soccerbase saytida
- Profile on Soccerphile.com
- 14-sentyabrda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Xorvatiyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- NK Marsonia futbolchilari
- Hertha BSC futbolchilari
- NK Zagreb futbolchilari
- GNK Dinamo Zagreb futbolchilari
- PFK SSKA Moskva futbolchilari
- Hamburger SV futbolchilari
- FC Bayern Munich futbolchilari
- VfL Wolfsburg futbolchilari
- TSV 1860 Munich futbolchilari
- Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari
- Xorvatiya Birinchi ligasi futbolchilari
- Xorvatiya Ikkinchi ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- 2. Bundesliga futbolchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Xorvatiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Xorvatiya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Xorvatiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- Xorvatiyalik futbol murabbiylar
- PFC CSKA Moskva murabbiylari
- Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari
- Xorvatiyalik muhojir futbol murabbiylar
- Rossiyadagi muhojir futbol murabbiylar
