Iveta Frühauf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iveta Frühauf
Tugʻilgan joyi 14-may 1988-yil (1988-05-14) (35 yosh)
Bratislava, Chexoslovakiya
Boʻyi 174 cm (5 ft 9 in)
Ogʻirligi 64 kg (141 lb; 10 st 1 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap
Oʻynagan jamoalari HC Roudnice nad Labem
HC Pardubice
HC Plzen
HC Slovan Bratislava
ZHK Poprad
Linköping HC
Milliy jamoa  Slovakiya
Jamoalardagi faoliyat 2002—2017

Iveta Frühauf (talaffuzi: Iveta Fruehauf; qizlik familyasi: Karafiátová; 1988-yil 14-mayda tugʻilgan) — slovakiyalik xokkeychi. Frühauf Slovakiya terma jamoasi bilan toʻqqizta IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida yuqori divizion, 1-2-divizionida oʻynagan va 2010-yil Vancouver qishki oʻyinlarida ayollar xokkey turnirida Slovakiyani himoya qilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slovakiya terma jamoasi aʼzolari Zuzana Tomčíková va Martina Veličkovalaar bilan birga Frühauf oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynagan. Slovakiya ligasi qoidalari binoan 16 yoshdan keyin qizlar oʻgʻil bolalar bilan oʻynashi mumkin emas edi. Uchalasi ham 2004-yilda Karonport oʻrta maktabida bosh murabbiy Barrett Kropf boshchiligida Saskachevanda oʻz faoliyatini davom ettirdilar[2]. Frühauf, Tomčíková va Veličkovalar Caronport Lady Cougars jamoasida oʻynashgan. Lekin Frühauf va Tomčíkoválar oʻgʻil bolalar jamoasida ham oʻyagan edi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2008-yilning sentyabr oyida Slovakiya terma jamoasi bilan Latviyada boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan saralash turnirida Bolgariyani 82:0 hisobida magʻlub etdi. Gʻalabada Iveta 11 ochko jamgʻardi[3].

2009-yilda Frühauf Avstriyaning Grats shahrida Xalqaro xokkey federatsiyasining (IIHF) ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining I divizionida ishtirok etdi. Frühauf Slovakiya terma jamoasi bilan 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining yuqori divizioniga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan

Vancouver qishki oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iveta 2010-yilgi Olimpiya oʻyinlarida Slovakiya ayollar jamoasida oʻynadi, bu mamlakatning Yevropadan tashqari ayollar xokkeyidagi birinchi chiqishi edi[4]. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Frühauf 2010-yilda Vancouver qishki oʻyinlarida Slovakiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Uning birinchi Olimpiya ayollar xokkey oʻyini 2010-yil 13-fevralda Kanadaga qarshi boʻlgan. Slovakiya 18:0 hisobida magʻlub boʻldi va birinchi boʻlimda qoʻpollik qilgani uchun jazolandi[5]. Slovakiya sakkizinchi oʻrinni egalladi. Frühauf Olimpiya turnirida hech qanday ochko qayd eta olmadi[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishki Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil GP Gollar Assist Ballar Jarima daqiqalar +/-
2010-yil Vancouver Olimpiadasi 5 0 0 0 4

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eng yaxshi himoyachi, 2009-yil IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati I divizioni[7]
  • Har bir jamoaning eng yaxshi oʻyinchilari (murabbiylarning ovoziga koʻra), 2011-yil IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frühauf Linköping HC Dam bilan oʻynash bilan bir qatorda Shvetsiyaning Linköping shahridagi universitetda oʻqidi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Iveta Karafiatova“. NBC (2010). 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  2. „What's Happening at CHS“ (PDF). Briercrest Magazine. 1-jild. Summer 2010. Qaraldi: 2014-09-18.
  3. „Pre-Olympic Qualification Tournament, WOMEN: Round Robin Game 7 - Game Summary“. IIHF (6-sentabr 2008-yil). 2022-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  4. Merk. „Slovak with a Canadian accent“. IIHF (11-fevral 2010-yil). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  5. „Slovakia 0, Canada 18“. ESPN (13-fevral 2010-yil). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  6. „Iveta Karafiátová“. sports-reference.com. 27-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  7. „Slovakian Women Promoted“. IIHF (11-aprel 2009-yil). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.