Boris Ivanovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ivanovskiy Boris Andreyevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boris Andreyevich Ivanovskiy (1912, Tomsk — 1943.30.9, Zaporojye viloyati) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Namangan shahrida yashagan va ishlagan. 1941 yil avgust dan armiyada. 1942 yil oktabr dan frontda. 1942 yil Toshkent harbiy piyodalar bilim yurtini tugatgan. 311-gvardiyachi oʻqchi polki (Jan. front 44-armiyaning 108-gvardiyachi oʻqchi divi-ziyasi) batalon komandirining oʻrin-bosari. I. dushman mudofaasini yorib oʻtib, jang qilgan, ogʻir yaralanib, granata bilan oʻzini dushman tanki ostiga tashlagan. 1943 yil 1 noyabr da (vafotidan soʻng) Kaxramon unvoni berilgan. Namangan shahrida uning byusti hamda yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil