Kontent qismiga oʻtish

Ivande Kaija

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivande Kaija

taxminan 1931-yil
Tavalludi
Antonija Meldere-Millere

13-oktyabr 1876-yil
Jumpravmuiža, Livonia guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 2-yanvar 1942-yil(1942-01-02)
(65 yoshda)
Riga, Generalbezirk Lettland, Reichskommissariat Ostland
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Latviya
Kasbi yozuvchi, feminist, millatchi
Faoliyat yillari 1892–1921

Ivande Kaija (Antonija Lūkina nomi bilan ham mashhur, qizlik familiyasi: Antoinya Meldere-Millere; 1876-yilda tugʻilgan – 1942-yilda vafot etgan) – latviyalik yozuvchi va feminist. Latviya mustaqilligi uchun kurashgan shaxs. Jamoat ishlari va ijodi orqali latviyaliklarni „Gold Fund“ jamgʻarmasiga mol-mulklarini ehson qilishga undagan. Bu jamgʻarma 1920-yilda mamlakatning oltin zaxirasiga aylangan. Jamoat ishlaridagi xizmatlari uchun 1926-yilda Uch yulduz ordeni bilan eʼtirof etilgan. Sovet davrida uning koʻplab asarlari yoʻq qilingan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda ular yana ommalashib bormoqda.

Antonija Meldere-Millere 1876-yil 13-oktyabrda Rossiya imperiyasi tarkibidagi Livoniya gubernyasining Jumpravmuižā qishlogʻida tugʻilgan[1]. Otasining ismi Miķelis, onasining ismi Matilde (qizlik familiyasi Flintman) Millere-Meldere boʻlgan. Otasi badavlat tadbirkor va yer egasi edi, keyinchalik ularning oilasi Torņakalnsga koʻchib oʻtgan va Antonija 1881-yilda oʻsha yerdagi maktabga oʻqishga borgan[2] Boshlangʻich maktabni tamomlaganidan soʻng Riga shahridagi Lomonosov ayollar gimnaziyasiga oʻqishga kirgan[1]. Lomonosovdagi oʻqishi davrida u keyinchalik turmush oʻrtogʻi Fēlikss Lūkins bilan doʻstlashgan va 1892-yilda oʻzining birinchi romani „Trīs jaungada naktis“ni nashr ettirgan[1]. 1895-yilda oʻrta maktabni tamomlab, Shveysariyadagi Bern universitetida va Germaniyadagi Leypsig universitetida falsafa va sanʼat tarixi yoʻnalishlarida oʻqishini davom ettirgan. Muzey va sanʼat galereyalariga tez-tez borib, bilimlarini oshirgan hamda ingliz, fransuz, nemis, italyan, lotin va rus tillarini oʻrgangan[2]. 1901-yilda oʻqishni tashlab, oftalmolog boʻlgan va keyinchalik Latviya Shifokorlar Uyushmasiga asos solgan shaxs Fēlikss Lūkinsga turmushga chiqqan[1]. Keyingi yillarda Antonija jurnalist sifatida faoliyat olib borgan. Uch farzandni dunyoga keltirgan. 1910-yilda turmush oʻrtogʻining koʻmagi bilan surgunda yashayotgan mashhur latviyalik adiblar Rainis va Aspazija huzuriga Shveysariyaga yozuvchilik faoliyati boʻyicha maslahat olish uchun borgan[3]. Lugano shahridagi qabristonga tashrifi chogʻida bir yodgorlikdagi yozuvdan ilhomlanib, oʻziga „Kaija“ – „oqqush“ (yoki „qargʻaqush“, „chagʻalay“ maʼnosida) taxallusini tanlagan[3].

Kaija vafot etgan paytda uning asarlari Sovet rejimi tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan edi[4], biroq keyingi yillarda uning asarlari zamonaviy dolzarbligi sababli yana qayta qiziqish uygʻota boshladi[2]. 2006-yilda tavalludining 130 yilligi munosabati bilan Mālpils jamoat kengashi tomonidan maxsus tadbir oʻtkazilib, uning tanlangan asarlari oʻqildi va ommaviy maʼruza tashkil etildi[4].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Bicēna 2014.
  2. 2,0 2,1 2,2 Meshkova 2006.
  3. 3,0 3,1 Карклиня 2006.
  4. 4,0 4,1 Krilovska 2006.