Ivan Vasilyevich Markovin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ivan Vasilyevich Markovin (1878,Tver gubernyasi — 1947, Toshkent) — sud tibbiyoti mutaxassisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1941), professor (1928), tibbiyot fanlari doktori (1936). Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1908). Varshava untida, 1918 yildan Rostov universitetining normal anatomiya kafedrasida ishlagan. Toshkent tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti kafedrasi mudiri (1928—46). Ilmiy ishlari sud tibbiyoti ekspertizasining dolzarb masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil