Kontent qismiga oʻtish

Ivan Svitlichniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivan Oleksiyovich Svitlichniy
Іва́н Олексі́йович Світли́чний
Tavalludi 20-sentyabr 1929-yil
Vafoti 25-oktyabr 1992-yil(1992-10-25)
(63 yoshda)
Kiyev, Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Ukraina bayrogʻi Ukraina
Taʼlimi Xarkov universiteti
Kasbi shoir, adabiyotshunos, tarjimon
Turmush oʻrtogʻi Leonida Svitlichna

Ivan Oleksiyovich Svitlichniy (ukraincha: Іва́н Олексі́йович Світли́чний; 1929-yil 20-sentyabr –1992-yil 25-oktyabr) – ukrainalik shoir, adabiyotshunos va sovet dissidenti .

Ivan Svitlichniy 1929-yil 20-sentyabrda Lugansk viloyatining Polovinkine qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[1][2].

1952-yilda Xarkov universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1954-yilda Kiyevdagi Shevchenko nomidagi Adabiyot institutida fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1954—1965 yillarda „Dnepr“ adabiy jurnalida muharrir boʻlib ishlagan[1].

Svitlichniy Vasil Simonenko bilan yaqinlashdi va uning sheʼrlarini samizdat (tipografik adabiyot) va magnitizdat (norasmiy audio yozuvlar) da tarqatishga yordam bergan[2]. Svitlichniyning sheʼriyati oʻz navbatida dissident Yuli Daniel tomonidan rus tiliga tarjima qilingan[2].

1960-yillarning boshlarida Svitlichniy Kiyevdagi ijodkor yoshlar klubining asoschilaridan biri boʻlgan. Ukraina soʻl ziyolilari klubini Ukraina KGBsi diqqat bilan kuzatib borgan. 1965-yil avgust oyida Svitlichniy klubga aloqadorligi uchun hibsga olingan va bir yil mehnat lagerida boʻlgan[1].

1971-yil yanvar oyida Svitlichniy va yana 18 kishi Yaroslav Dobosh ishi boʻyicha hibsga olingan. Dobosh 24 yoshli belgiyalik boʻlib, ukrain millatchi tashkiloti tomonidan Ukrainada antikommunistik adabiyotlarni tarqatish uchun yollangan. Svitlichniy Doboshning asosiy aloqachilaridan biri boʻlgan. Svitlichniy yetti yilga majburiy mehnat va besh yil surgunga hukm qilingan[2]. Perm-35 mehnat lagerida xizmat qilgan[1].

Svitlichniyning qabri, Baykove qabristoni

1977-yilda Andrey Saxarov Jimmi Karterga murojaatida Svitlichniy ismini ham tilga olgan[3].

Svitlichniy 1983-yil yanvar oyida ozodlikka chiqqan. Qamoqxona lagerida insultni boshdan kechirib, ogʻir ahvolda qaytgan. Umrining soʻnggi uch yilida harakat qila olmagan va gapira olmagan, unga xotini Leonida Svitlichna gʻamxoʻrlik qilgan[2].

Ivan Svitlichniy 1992-yil 25-oktyabrda vafot etgan. Svitlichniy Kiyevdagi Baykove qabristoniga dafn etilgan[2].

Svitlichniy 1978-yilda xalqaro PEN klubning aʼzosi, 1990-yilda esa Ukraina Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan[2]. 1989-yilda Svitlichniy Vasil Stus mukofotiga sazovor boʻlgan[2]. 1994-yilda vafotidan keyin Shevchenko nomidagi Milliy mukofot bilan taqdirlangan[2].

Svitlichniy dissident va huquq himoyachisi Nadiya Svitlichnaning ukasi boʻlgan[4].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Obituary: Ivan Svetlichny“ (en-GB). The Independent (1992-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 9-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „SVITLYCHNY, Ivan Oleksiyovych :: museum.khpg.org“. museum.khpg.org. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyun.
  3. Times. „List of 15 Dissidents In Appeal by Sakharov“. The New York Times (1977-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 9-iyun.
  4. „7.13 News in brief“. A Chronicle of Current Events (2013-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-iyun.