Ivan Rakitić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ivan Rakitić (talaffuzi: Ivan Rakitich; 1988-yil 10-martda Shveysariyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubi yarim himoyachisi[1].

Ivan Rakitić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Rakitić
Tavallud sanasi 10-mart 1988-yil (1988-03-10) (36 yosh)
Tavallud joyi Rheinfelden, Shvetsariya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sevilla
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1995 Möhlin-Riburg
1995—2005 FC Basel

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Rakitić „Basel“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanagan. 2005-yilda asosiy jamoa safidada debyut qilgan. Ikki mavsumni Shveysariya klubining markazida oʻtkazganidan soʻng, 2007-yilning yozida Ivan Rakitić Germaniyaning „Schalke 04“ futbol klubiga oʻtgan va buning uchun 97 oʻyin davomida 12 gol urgan. 2010—2011-yilgi Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan oʻzining ilk Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoadagi 3,5 yil davomida 117 uchrashuv oʻtkazib, 27 gol urib, klub sardori va yetakchisiga aylangan. 2014-yilning iyun oyida u "Barcelona" futbol klubi futbolchisiga aylangan. 2020-yil sentabrida klubda 6 yil o‘tkazgandan so‘ng u „Sevilla“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Rakitićning birinchi xalqaro tajribasi yoshlar darajasida Shveysariyaning 17 yoshgacha, 19 yoshdan va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida boʻlgan. Ammo Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyining taklifini qabul qilib, mamlakatning kattalar jamoasida oʻynashga qaror qilgan. U Xorvatiya terma jamoasi safida 2007-yil 8-sentabrda Estoniyaga qarshi EURO-2008 saralash o‘yinida maydonga tushgan va u muxlislar tomonidan yuqori baholangan. 2007-yil 12-sentabrda Xorvatiyaning keyingi saralash o‘yinida Andorra ustidan g‘alaba qozongan. U 2007-yilni oʻz nomi bilan atalgan beshta oliy martabali xalqaro oʻyinlar bilan yakunlagan, ulardan toʻrttasi EURO-2008 saralash bosqichi oʻyinlari egan.

2020-yil 21-sentabrda yarim himoyachi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[2]. Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Ivan Rakitić Rossiya bilan JCh-2022 saralash oʻyini oldidan muxlislar bilan xayrlashgan. Terma jamoa tarkibida u 106 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urgan. Rossiya bilan bahs boshlanishidan avval xorvatlar Ivan Rakitić bilan tantanali xayrlashuv marosimini o‘tkazishgan. Unga esdalik futbolkasi berilgan[3].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Total
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
F. C. BasileaShveytsariya bayrogʻi Shveysariya 2005—2006 1 0 1 0 1 0 3 0
2006—2007 33 11 5 0 9 0 47 11
Jami 34 11 6 0 10 0 50 11
F. C. Schalke 04Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 2007—2008 29 3 6 1 7 0 42 4
2008—2009 23 1 4 1 7 1 34 3
2009—2010 29 7 4 0 33 7
2010—2011 16 1 5 1 5 0 26 2
Jami 97 12 19 3 19 1 135 16
Sevilla F. C.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2010—2011 13 5 1 0 2 0 16 5
2011—2012 36 0 3 1 0 0 39 1
2012—2013 34 7 8 3 42 10
2013—2014 34 12 0 0 18 3 52 15
F. C. BarcelonaIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2014—2015 32 5 7 1 12 2 51 8
2015—2016 36 7 8 0 13 2 57 9
2016—2017 32 8 10 1 9 0 51 9
2017—2018 35 1 10 2 10 1 55 4
2018—2019 34 3 8 1 12 1 54 5
Jami 200 25 47 5 63 6 310 36
Sevilla F. C.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2020—2021 37 4 4 2 9 2 50 8
2021—2022 35 4 3 0 8 3 46 7
2022—2023 11 0 1 0 6 0 18 0
Jami 200 33 20 6 43 8 263 47
Umumiy faoliyatida 531 81 92 14 135 15 758 110

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „munzinger.de“. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  2. „Ракитич завершил карьеру в сборной Хорватии“. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-sentyabr.
  3. „https://sportske.jutarnji.hr/sn/nogomet/primera/ivan-rakitic-odigrao-jubilarnu-utakmicu-pogledajte-kako-mu-se-sevilla-oduzila-nakon-slavlja-u-nadoknadi-15096972“.