Ivan Močinić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Močinić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-aprel 1993-yil (1993-04-30) (30 yosh)
Tavallud joyi Rijeka, Xorvatiya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Šibenik
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2008 Rijeka
2008—2009 Lokomotiva Rijeka
2009—2011 Rijeka
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2016 Rijeka 112 (4)
2016—2019 Rapid Wien 14 (0)
2017—2019Rapid Wien II 11 (1)
2019—2020 Istra 1961 19 (1)
2020—2021 Olimpija Ljubljana 6 (0)
2021—2022 Šibenik 1 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Xorvatiya U19 11 (0)
2012—2013 Xorvatiya U20 4 (0)
2013 Xorvatiya U21 6 (0)
2015 Xorvatiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-may 2021-yil uchun)

Ivan Mochinić (talaffuzi: Ivan Mochinich) (1993-yil 30-aprelda tugʻilgan) xorvatiyalik yarim himoyachi. Oxirgi marta Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi jamoasi „Sibenik“ safida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rijeka[tahrir | manbasini tahrirlash]

Močinić 2011-yil oktabr oyida Zagrebning „Dinamo“siga qarshi safar oʻyinida „Rijeka“ safida debyut qilgan. Oʻzining birinchi professional mavsumida u 13 ta oʻyinda maydonga tushgan. Močinić oʻzining birinchi golini Rijeka safida 2011/12-yilgi mavsum Prva HNL soʻnggi turida Karlovac 1919 darvozasiga kiritgan. Rijeka bilan keyingi besh mavsum davomida u ligada, ichki kubokda va Yevropada 141 oʻyinda maydonga tushgan. Močinić 2013/14-yilgi mavsumda eng barqaror oʻyin koʻrsatgan, oʻsha mavsumda u barcha musobaqalarda 47 ta oʻyinda maydonga tushgan. Močinić ayniqsa, Rijekaning 2014-yilgi futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi finalida Zagrebning „Dinamo“ jamoasi ustidan qozongan gʻalabasida katta hissa qoʻshgan[1]. Močinić 2014-yil 12-aprelda Zagrebning „Dinamo“ klubiga safarda oʻtkazilgan oʻyinda birinchi marta jamoa sardori boʻlgan. 2015/16-yilgi mavsumda u boshqa jamoadoshlariga qaraganda koʻproq jamoa sardori sifatida maydonga tushgan. 

2015-yil qishki transfer oynasida koʻplab klublar Močinićni sotib olishga xarakat qilishgan, xususan, Dinamo Zagreb, Newcastle United, Seltik, Rubin Qozon, Lazio, Sampdoriya, Atalanta, Karpi, Bordo va Olimpiakos[2][3][4]. Biroq Rijeka bir qancha takliflarni rad etgan va Močinićni klubda olib qolgan[5].

Rapid Wien[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 16-iyulida Avstriya va Xorvatiya matbuoti Močinić SK Rapid Wien bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani, transfer narxi 2,5 million yevroga baholangani haqida xabar tarqatgan[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Močinić Xorvatiyaning 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan, shu jumladan 2012-yilgi UEFA U-19 futbol boʻyicha Yevropa chempionatida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2014-yilning birinchi yarmidagi ajoyib oʻyinlari unga futbol boʻyicha Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni taqdim etgan. Močinić dastlab 2014-yilgi Jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi, biroq soʻnggi daqiqadagi jarohati uni turnir qaydnomasidan tushub qolishiga sabab boʻlgan[7]. 2015-yilning 17-noyabrida Močinić Xorvatiya terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi safarda gʻalaba qozonib, butun oʻyin davomida maydonga tushdi.[8]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Divizion Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Rijeka 2011—2012 1. HNL 13 1 0 0 13 1
2012—2013 1. HNL 19 1 1 0 20 1
2013—2014 1. HNL 29 2 7 0 11 1 47 3
2014—2015 1. HNL 19 0 5 0 2 0 26 0
2015—2016 1. HNL 31 0 2 0 1 0 34 0
2016—2017 1. HNL 1 0 1 0
Jami 112 4 15 0 14 1 0 0 141 5
Rapid 2016—2017 Bundesliga 14 0 2 0 8 0 24 0
Rapid II 2017—2018 Regionalliga 3 0 3 0
2018—2019 Regionalliga 8 1 8 1
Jami 11 1 0 0 0 0 0 0 11 1
Istra 1961 2019—2020 1. HNL 19 1 1 0 2 0 22 1
Olimpija 2020—2021 1. SNL 6 0 0 0 6 0
Karyerada jami 162 6 18 0 22 1 2 0 204 7

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rijeka
  • Xorvatiya kubogi : 2013/2014
  • Xorvatiya Superkubogi : 2014

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Will Croatia Play Without a 'True' Holder at the World Cup?“. Bleacher Report (15-may 2014-yil). Qaraldi: 27-may 2016-yil.
  2. „Celtic target Ivan Mocinic has all the qualities to be a star at Parkhead, says fellow Croat Jozo Simunovic“. Daily Record (27-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 27-may 2016-yil.
  3. „Calciomercato Lazio, ESCLUSIVO: offerta del Celtic per Mocinic“. Calciomercato.it (10-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 27-may 2016-yil.
  4. „Offerte di Rubin Kazan e Celtic per Mocinic. Ma lui vuole l'Italia“. Tuttomercatoweb (18-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 27-may 2016-yil.
  5. „"Rijeka" odbila Rubinovih 3,8 milijuna eura za Močinića, pa Rusi kupili Caktaša“. Novi List (18-yanvar 2016-yil). 2019-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2016-yil.
  6. „Rapid bastelt an der Super-Elf“. sport24 (16-iyul 2016-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  7. „World Cup 2014: Lovren and Jelavic in Croatia squad“. BBC (12-iyun 2014-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  8. „Russia vs. Croatia 1-3“. Soccerway (18-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 27-may 2016-yil.