Ivan Kulibin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ivan Petrovich Kulibin [1735, 10(21).4. — Nijniy Novgorod — 1818.30. 7(11.8)] — oʻzi mustaqil oʻqib oʻrgangan rus mexanigi. 1764—67 yillarda murak-kab mexanizmlardan tuzilgan tuxumsi-mon soat yasab, 1769 yilda Yekateriva II ga inʼom qilgan. Yekateriva II K.ni Peterburg FA mexaniqa ustaxonasiga boshliq qilib tayinlagan. K. yangi ti-zimli qurilmani qoʻllab, choʻntak soati yasagan; bu soat sekund, minut, soatni koʻrsatishdan tashqari, yil fayellari, oy, hafta kunlari va Oyning qaysi fazada ekanligini qam bildirgan. K. minora soatlari va mitti soatlar ham yaratgan. Optik asboblarning shishalarini silliklash usulini takomillashtirdi. Neva daryosiga quriladigan bir arkli, 298 m prolyotli koʻprik modelining loyihasini ishlab chiqsi va qurdi. Shuningdek, "suv oʻtkazgich" loyihasini tuzdi. 1779 yilda yasagan kuchli fovar (projektor) ustaxona, kema va mayaklarda qoʻllanildi. K. 1791 yilda oʻziyurar aranacha (somokat), 1793 yilda vintli mexanizmlar yordamida ishlaydigan lift, 1794 yilda shartli belgilarni uzoq masofaga oʻzatuvchi optik telegraf yaratdi. K. oʻzi ixtiro qilgan asbob va qurilmalarini loyhalash jarayonida chizma va rasmlardan keng foydalangan. K. 1801 yilda Akademiyadan ketib, Nijniy Novgorodga keldi. Bu yerda kemalarning daryo oqimiga qarshi harakatlantirish usulini ishlab chikdi. 1804 yilda "vodoxod" yasadi. K. umrining oxirgi yillarini muxtojlikda oʻtkazgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil