Ivan III Vasilyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ivan III Vasilyevich (1440.22.1 — 1505.27.10, Moskva) — Moskvaning ulugʻ knyazi (1462—1505). Vasiliy II Tyomkiyning oʻgʻli. I. I davrida yagona Rossiya davlatining hududiy yadrosi shakllangan va markaziy davlat apparati tuzila boshlagan; Yaroslavl (1463), Novgorod (1478), Tver (1485), Vyatka (1489). Perm va b. Moskva atrofida birlashtirilgan; moʻgʻullar istibdodiga barham berilgan ("Ugradagi turish" 1480); 1497 y. Sudebniki tuzilgan, Moskva Kremli qayta qurilgan — yangi sobor, minora, saroylar bunyod etilgan. Rus davlatining xalqaro eʼtibori oshgan; "Butun Rusning ulugʻ knyazi" unvoni rasmiylashtirilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil