Kontent qismiga oʻtish

Iva Despić-Simonović

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Iva Despić-Simonović

Despić-Simonovich oʻzining atelyesida, 1926-yil
Tavalludi 1891-yil 15-avgust
Hrastovica, Petrinja, Xorvatiya-Slavoniya qirolligi, Avstriya-Vengriya imperiyasi
Vafoti 1961-yil 12-iyul
Vasin Han
Fuqaroligi Xorvatiya
Kasbi haykaltarosh
Turmush oʻrtogʻi Aleksandr Zarevskiy (nikohi bekor qilingan)
Aleksandar „Aco“ Despić
Bolalari Gospava „Cica“ (qizi)
Bato (oʻgʻli)

Ivana „Iva“ Despić (qizlik familyasi: Simonović; Serbiya kirillchasi: Ивана "Ива" Деспић; 1891-yil 15-avgustda tugʻilgan – 1961-yil 12-iyulda vafot etgan) – Yugoslaviya haykaltaroshi. Xorvatiyada tugʻilgan Despić-Simonovich Zagreb, Parij va Münchenda tahsil olgan. 1920-yildan to oʻlimiga qadar, asosan, Sarayevoda yashagan. Zamonaviy Bosniya va Gersegovina tarixidagi ilk haykaltarosh.

Taʼlimi va oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iva Simonović 1891-yil 15-avgustda Avstriya-Vengriya imperiyasining Xorvatiya-Slavoniya qirolligi Petrinja shaharchasi yaqinidagi Hrastovica qishlogʻida dunyoga kelgan[1]. Simonovićlar oilasi badavlat oilalardan edi. Otasi Avstriya-Vengriya armiyasi generali boʻlgan va qizining isteʼdodini tan olib, unga sanʼat sohasida taʼlim olishiga imkoniyat yaratib bergan[2]. Haykaltaroshlik sanʼatini ustozlari Robert Frangeš-Mihanović va Rudolf Valdecdan olgan[1]. Uning ilk koʻrgazmasi tengdoshi Ljubo Babićning shaxsiy koʻrgazmasi doirasida boʻlib oʻtgan, oʻsha vaqtda u hali talaba edi[2]. Oʻz navbatida Babić uning portretini ishlagan[3]. Iva Simonović keyinchalik taʼlimini Parij va Münchenda davom ettirgan. 1914-yilda Parijda rassomning koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan[1][2].

Iva Despić-Simonović ikki marta oila qurgan. Uning Aleksandr Zarevskiy bilan boʻlgan birinchi nikohi bekor qilingan[4]. Birinchi Jahon urushi oxirlarida, Yugoslaviya tashkil topishidan oldin Zagrebda Aleksandar „Aco“ Despić bilan tanishgan. Juftlik 1920-yilda turmush qurgan va Despić-Simonović erining tugʻilgan shahri Sarayevoga koʻchib oʻtgan. Ularning Gospava „Cica“ ismli bir qizi va Bato ismli bir oʻgʻli boʻlgan. Erining oilasi mashhur va boy savdogarlar boʻlib, ularning patriarxal munosabati Iva uchun repressiv boʻlgan. Bu holatni rassom oʻzining „Constrained“ (Cheklangan) deb nomlangan portret haykali orqali ifodalagan. Ushbu haykal hozirda Bosniya va Gersegovinaning Milliy Galereyasida saqlanmoqda. 1931-yilga qadar uning sanʼatiga boʻlgan talab shu darajada ortib ketganki, rassom oʻzi uchun Sarayevo yaqinidagi Vasin Han qishlogʻida yozgi uy qurdirgan. Ammo qurilish ishlari hali toʻliq yakuniga yetmasdan turib nam uyga erta koʻchib kirishi tufayli Simonović yillar davomida xronik kasallikka chalingan[5].

  1. 1,0 1,1 1,2 Meissner, Günter (2009), Allgemeines Künstlerlexikon: Die bildenden Künstler aller Zeiten und Völker (nemischa), 413-bet, ISBN 978-3598227660
  2. 2,0 2,1 2,2 Tomašević. „Priče o bosanskim ženama: Ivana (Iva) Despić-Simonović“ (sh). stav.ba (2016-yil 17-sentyabr).
  3. Bašić, Adisa (17 September 2009), Kuća na osami (Serbo-Croatian), Slobodna Bosna
  4. Bašić, Adisa (17 September 2009), Kuća na osami (Serbo-Croatian), Slobodna Bosna
  5. Tomašević. „Priče o bosanskim ženama: Ivana (Iva) Despić-Simonović“ (sh). stav.ba (2016-yil 17-sentyabr).