Ityurak (film, 1988)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ityurak
rus. Собачье сердце
Собачье сердце фильм.jpg
Rejissor Vladimir Bortko
Ssenariy muallifi Natalya Bortko
Rollarda Yevgeniy Yevstigneyev
Boris Plotnikov
Vladimir Tolokonnikov
Nina Ruslanova
Bastakor Vladimir Dashkevich
Kinematografiya Yuriy Shaygardanov
Muharrir Leda Semyonova
Studiya Lenfilm
Premyera sanasi
  • 19-noyabr, 1988-yil(1988-11-19)


Davomiyligi 130 minut
Mamlakat Ityurak (film, 1988) Sovet Ittifoqi
Til Rus tilida

Ityurak (rus. Собачье сердце) — Mixail Bulgakovning „Ityurak“ asari asosida[1] 1988-yilda suratga olingan film.

Syujet

1924-yilda Moskvada[2] oʻz zamonasining buyuk jarrohlaridan biri Filipp Filippovich Preobrajenskiy (Yevgeniy Yevstigneyev), odam gipofizini va urugʻlarini it tanasiga koʻchirish boʻyicha jarrohlik amaliyotini boshlaydi. Buning uchun donor sifatida koʻchada daydib yurgan „Sharik“ laqabli itni va bezori-piyonistaligi tufayli halok boʻlgan Klim Chugunkinni tanlab oladi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajariladi. Butun Moskva aholisi professorning itni odamga aylantirgani haqida gapirishadi... Odamga aylangan it tez orada odamdek ko'rinishni va gaplashishni boshlaydi, biroq unda marhum bezori Klim Chugunkinga xos yaramas odatlar paydo bo'ladi. Lekin bu yomon xislatlari unga Sovet Ittifoqining fuqarolik jamiyatiga kirib borishiga, hattoki davlat idorasida muhim lavozimni egallashiga ham halaqit bermaydi. O'ziga Sharikov Poligraf Poligrafovich (Vladimir Tolokonnikov) ismini bergan sobiq it, professorning uyini g'urbatxonaga aylantiradi. O'z navbatida professor jarrohlik amaliyoti o'tkazib, Sharikovni yana itga aylantirib, avvalgi holiga qaytarib qo'yadi.

Rollarda

Manbalar