Itqovun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Itqovun (Melo agrestis Pang) — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik yovvoyi oʻt. Palagining uz. 1 m cha. Barglari uzun bandli, 3—5 boʻlakchali, tuxumsimon, bir oz oʻyilgan, cheti kungurali. Gullari ayrim jinsli, sariq. Mevasi achchiq, rezavor. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston va Hindistonda keng tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma tumanlarida oʻsadi. Mevasi achchikligidan uni aholi I. deb atagan. Tarkibida organik kislotalar, qand, oshlovchi va b. moddalar, urugʻida yogʻ bor. Ildiz qaynatmasi tabobatda istisqo, sariq kasalliklarini va ogʻizdagi shishlarni davolashda ishla-tiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil