Ajdargul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Itog‘izdan yoʻnaltirildi)

Ajdargul, itogʻiz (Antirhinum) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar (ba’zan, chalabuta oʻsimliklar) turkumi. 40ga yaqin turi bor. Asosan, Yevropa va Shimoliy Amerikada, qisman Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda A.ning bir turi — yirik ajdargul (A. majus L.) xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Bu toʻrning poyasi 30—60 sm, bargi nashtarsimon, past-dan yuqoriga maydalashib boradi. Gul-lari ikki labli, ogʻzi yumuq, shingil toʻpgullariga yigʻilgan. A.ning qizil, pushti, sariq yoki oq gulli xillari uchraydi. Changchilari toʻrtta, gulkosachasi 5 bargchali, tukli. Mevasi — koʻsakcha. Oʻzbekistonda sigirquyruqsoshlar oi-lasiga mansub va A. ga oʻxshash bir qancha oʻsimliklar (mas, zigʻirak) ham ba’zan A. deb yuritiladi.[1]

Antirrhinum cornutum

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil