Itax
| Itax إيتاخ | |
|---|---|
| Tavalludi | nomaʼlum |
| Vafoti | 849 |
| Fuqaroligi | Abbosiylar xalifaligi |
| Qoʻshin turlari | Abbosiy turk qo‘riqchisi |
| Xizmatdagi yillari | 848 |
| Jang/urush | Amorium qamali, boshqa Abbosiylar yurishlari |
Aytax yoki Itax al-Xazoriy (arabcha: إيتاخ الخزري) – Abbosiylar xalifasi al-Mu’tasim (h. 833–842) davrida turklar armiyasining yetakchi qoʻmondonlaridan biri.
Uning ismida uchraydigan „al-Xazoriy“ nisbasidan maʼlumki, Aytax asli kelib-chiqishi Xazarlardan boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, dastlab Sallam al-Abrash al-Xodim degan kishining oshxonasida ishlagan qul boʻlgan, shuning uchun unga „al-Tabbax“ yaʼni „oshpaz“ laqabi berilgan[1]. 815-yilda esa xalifa al-Mu’tasim uni gʻulom sifatida sotib olgan.
Al-Mu’tasim davrida „turk gvardiyasi“ deb atalgan elita qoʻshinlar safida yuqori martabalarga erishgan va Amorium (Amuriy) shahrining talon-taroj qilinishi kabi yurishlarda qatnashgan. Shuningdek, Samarrada „sohib ash-shurta“ lavozimini egallab, xalifaning shaxsiy gvardiyasi boshligʻiga aylangan[2]. 842-yilda xalifa al-Vosiq taxtga chiqqanida, Aytax turk qoʻmondoni Ashinas bilan birgalikda xalifalikning tayanchlaridan biri hisoblangan[3]. 843/844-yillarda al-Vosiq uni Yaman hokimi etib tayinlagan[2]. 844/845-yillarda Ashinasning vafotidan keyin, Aytax Misr hokimi etib tayinlandi, lekin uning oʻrniga Harsama ibn an-Nadr al-Jabaliyni joʻnatdi[2]. Tarixchi Yaʼqubiyning xabar berishicha, al-Vosiq davrida u Xuroson, Sind va Dajla daryosi boʻyidagi kichik viloyatlar hokimi etib ham tayinlangan[2].