Italyancha Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Italyan Vikipediyasidan yoʻnaltirildi)
Italyancha Vikipediya
Wikipedia in italiano
Wikipedia-logo-v2-it.png
Web-manzil it.wikipedia.org
Interviki it
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana may, 2001
Asoschi
Maqolalar soni 1 411 940
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Italyancha Vikipediya (ital. Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan.[1] Hozirda 1 411 940 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).[2]

2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi.

2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi.[3][4] Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.

2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.[5]

Hozirgi holati[tahrir]

2018-yil 22-Yanvar boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 411 940 maqola mavjud. 1 607 070 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 8 521 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 115 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 99 328 057. Teranligi (bugun): 132.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]