Italiya-Efiopiya urushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Italiya-Efiopiya urushlariItaliyaning Efiopiyaga qarshi urushlari. 1895—96-yillardagi urush: Italiya qoʻshinlarining Adua shahri ostonasida tor-mor keltirilishi (1896) va Italiyaning Efiopiya mustaqilligini tan olishi bilan yakunlandi. 1935—36-yillardagi urush : 1935-yil oktabrda Italiya qoʻshinlari Efiopiya hududiga bostirib kirdi. 1936-yil 5-mayda uning poytaxti Addis-Abebani ishgʻol etdi. Soʻng , 1-iyunda Italiya hukumati Efiopiyani oʻzining mustamlakasi deb eʼlon qildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil