Italiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Italiklar — mil. av. 2ming yillikda Apennin yarim orolga koʻchib kelib oʻrnashgan hind-yevropa qabilalari. Etnik va til jihatdan Laiiya va Jan. Etruriya viloyatlarida yashovchi lotinfalisk kabilalari va Jan. Italiyagacha boʻlgan yerlarda yashovchi umbr-sabel (yoki oskumbr) qabilalari (bruttiylar, kampaniyaliklar, lukanlar, sa-binlar, samnitlar)ga boʻlinadi. I., asosan, chorvachilik, baʼzi qabilalar (lotinlar, osklar) dehqonchilik bilan shugʻullangan, ularda patriarxal tuzum saqlangan. Uzoq davom etgan urushlar natijasida I. rimliklar tomonidan boʻysundirilgan, qardosh lotin tili italiy tillarini siqib chiqargan. I.ning ayrimlarigina Rim fuqarosi huquklariga ega boʻlgani, ularning aksariyati esa rimliklar tomonidan aso-ratga solingani sababli, I. tez-tez qoʻzgʻolonlar koʻtarib turishgan; ulardan eng yirigi — „Ittifoqchilik uru-shi“ deb atalmish qoʻzgʻolon (mil. av. 90— 88-yillar) natijasida italik zodagonlarning siyosiy talablari (Rim fuqaroligi huquqiga ega boʻlish) qondirilgan. Shu davrdan boshlab Rim va I. fuqarolari oʻrtasidagi farq yoʻqolgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil