Itachi Uchiha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Animanga/karakter

Itachi Uchiha
Anime: Naruto, Naruto Shippuden obrazi
Muallif(lar) Masashi Kishimoto
Ovoz bergan(lar)

Yapon tilida: Hideo Ishikava Yuka Terasaki (bolaligi)

Ingliz tilida: Crispin Freeman

Michelle Ruf (bolaligi)
Umumiy maʼlumotlar
Jinsi Erkak
Unvoni Jonin
Mansubligi Akatsuki
Oilasi

Otasi: Fugaku Uchiha Onasi: Mikoto Uchiha

Ukasi: Sasuke Uchiha

Itachi Uchiha (yaponcha: うちは イタチ Uchiha Itachi?), Naruto nomli manga va anime seriyasidagi qahramonlardan biri.

Itachi Uchiha - Konoha qishlog'ida tug'ilib o'sgan, Uchiha sulolasi vakili, eng kuchli ninzalardan biri. Mangekyou Sharingan ko'z texnikasiga ega, jang mahorati yuqori, S darajadagi ninza. Mangekyou Sharinganning uchta eng kuchli jutsulari: Amaterasu, Tsukuyomi va Susanooni qo'llay oladi. Sasuke Uchihaning akasi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Itachi Fugaku va Mikoto Uchihalarning katta farzandi. Bolalik davrida, 4 yoshligida III Yirik Ninza Urushiga guvoh bo'ladi. O'lim va buzg'unchiliklarni juda erta anglab yetgani tufayli pasifist insonga aylanadi. O'lim va hayotning haqiqatini anglab yetshga, tiriklik ma'nosini anglashga intiladi. 5 yoshida Shisui Uchiha bilan tanishadi va yaqin do'stga aylanadi. 7 yoshida Shinobi Akademiyasini eng yuqori ball bilan bitiradi. 8 yoshida jamoadoshi Izuku Tenmaning o'limiga guvoh bo'lgach, Sharingani uyg'onadi. 10 yoshida Chunin imtihonlarini muvaffaqiyatli yakunlab, Chuninga aylanadi. 11 yoshida ANBU ga olinadi. 13 yoshida o'z klani(sulolasi) Konoha qishlog'iga qarshi urush boshlashidan xabar topgach, mahsus topshiriq asosida butun sulolasini yo'q qiladi. Faqatgina o'z ukasi, Sasuke Uchihanigina tirik qoldiradi.

Fe'l-atvori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Itachi sovuqqon xarakterga ega. Zimmasiga yuklatilgan vazifa tufayli yoki o'zi to'g'ri deb hisoblagan hollarida suiqasd qilishi mumkin. Bolaligida III Katta Ninza urushida ishtirok etishi uning xarakteriga katta ta'sir ko'rsatdi. Pasifist insonga aylanadi, majbur bo'lmagunicha birov bilan jang qilmaydi. Xuddi shaxmat o'yinchisidek fikrlaydi, analiz qobiliyati juda kuchli rivojlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Itachi Uchiha“ (turk tili). Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.