It's My Life

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„It's My Life“
Bon Jovi qoʻshigʻi
„Crush“ albomidan
B tomon „Next 100 Years“
Chiqarilgan sanasi 8-may, 2000-yil(2000-05-08)[1]
Janr
Davomiyligi 3:44
Leybl
  • Island
  • Mercury
Matn muallif(lar)i
  • Jon Bon Jovi
  • Richie Sambora
  • Max Martin
Prodyuser(lar)
  • Jon Bon Jovi
  • Richie Sambora
  • Luke Ebbin
Bon Jovi singllari xronologiyasi
„Real Life“
(1999)
It's My Life
(2000)
„Say It Isn't So“
(2000)
Klipi
„It’s My Life“ YouTubeda

Itʼs My Life“ Amerikada tuzilgan Bon Jovi rock guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 2000-yilning 8-mayida guruhning Crush (2000) nomli sakkizinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matni Jon Bon Jovi, Richie Sambora va Max Martin tomonidan yozilgan. Tarona Avstriya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ruminiya va Shveysariya musiqa chartlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Yana bir qancha mamlakatlar chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan. Billboard Hot 100 chartida esa 33-pogʻonagacha koʻtarilgan. „Itʼs My Life“ Bon Jovi guruhi repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biri hisoblanadi[3]. 2003-yili guruhning This Left Feels Right albomida qoʻshiqning akustik versiyasi chiqarilgan.

Qoʻshiqning savdosi chaqqon boʻlgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 2× platina sertifikati bilan taqdirlangan[4]. Shuningdek, ASCAP Pop Music Awards taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri sifatida tanlab olingan. Bundan tashqari, „Duet yoki vokal guruhi tomonidan eng yaxshi rock ijro“ (inglizcha: Best Rock Performance by a Duo or Group with Vocal) nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan, biroq U2 ijro etgan „Beautiful Day“ qoʻshigʻiga yutqazgan.

Qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Wayne Isham rejissorlik qilgan. Klipda Will Estes va Shiri Appleby asosiy rollarni ijro etishgan[5]. Klip „Yil videosi“ (inglizcha: Video of the Year) nominatsiyasida VH1 mukofotiga sazovor boʻlgan[6]. Qoʻshiq klipi 2022-yil 17-avgust holatiga koʻra YouTubeda 1.1 milliard martadan ortiq koʻrilgan boʻlib, buning ortidan Bon Jovi guruhining YouTubeda eng koʻp koʻrilgan videosiga aylangan[7].

Reliz tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Sana Leybl(lar) Manba(lar)
AQSH bayrogʻi AQSh 8-may 2000-yil Island [1]
9-may 2000-yil [1]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 22-may 2000-yil Mercury [8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Going for Adds“ (PDF). Radio & Records. № 1349. May 5, 2000. 81, 122, 127, 132-bet. Qaraldi: May 27, 2021.
  2. 2,0 2,1 Spanos, Brittany (November 10, 2016). „Readers' Poll: 10 Best Bon Jovi Songs“. Rolling Stone. Qaraldi: September 17, 2018.
  3. „It's My Life“.
  4. „American single certifications – Bon Jovi – It's My Life“. Recording Industry Association of America. Qaraldi: 2015-yil 26-oktyabr.
  5. „Bon Jovi: It's My Life (2000)“. IMDB. Qaraldi: 2019-yil 12-iyul.
  6. „Creed, Hill Lead My VH1 Awards“. Billboard. Qaraldi: October 10, 2010.
  7. „Bon Jovi scores their first billion-view video - but not for the song you think“. AM 880 KIXI (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  8. „Review – For Records Releases on May 22, 2000“ (PDF). Music Week. May 13, 2000. 9-bet. Qaraldi: August 2, 2021.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]