Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Ishga tushgan sanasi 14-dekabr, 1936
Joylashuvi Beyazıt, Fotih, Istanbul
Vebsayti http://iktisat.istanbul.edu.tr/
Til(lar)i turkcha

Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turkiyadagi birinchi nomi Iqtisodiyot fakulteti boʻlgan taʼlim muassasasidir. Mamlakatdagi eng qadimiy va eng yirik taʼlim muassasasi bo‘lgan, tashkil etilishi 1453-yilga borib taqaladigan Istanbul universiteti tarkibidagi Iqtisodiyot fakulteti 1936-yil 14-dekabrda tashkil etilgan. U Istanbul universiteti Beyazit kampusida joylashgan.

Chet ellik asoschi professorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyot fakultetini tashkil etishda Ikkinchi jahon urushi oldidan Germaniyadan qochib Turkiyagadan boshpana topgan bir qancha nemis yahudiy olimlari qatnashdilar. Ulardan baʼzilari:

  • Faxriy prof. Umberto Ricci
  • Fax. prof. Jozef Dobretsberger
  • Fax. prof. Vilgelm Röpke
  • Fax. prof. Fritz Noymark
  • Fax. prof. Aleksandr Rustov
  • Fax. prof. Alfred Isaak
  • Fax. prof. Gerxard Kessler

Bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yil 4-martda 118 talaba bilan ish boshlagan fakultet 1939-1940-oʻquv yili oxirida ilk bitiruvchilarni chiqardi. Fakultetning birinchi bitiruvchisi (1-raqamli diplom) Adnan Altay Özbek va birinchi ayol bitiruvchisi (2-raqamli diplom) Fatma Zehra Bereketdir. Fakultet o‘zining ilk bitiruvchilarini chiqarganidan uch yil o‘tib, 1943-yil 1-martda bitiruvchilarni bir yerda birlashtirgan Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uyushmasi tashkil etildi. Qisqa nomi Iqtisodiyot Jamgʻarmasi boʻlgan Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari va aʼzolari fondi 1986-yil 13-noyabrda tashkil etilgan.

11-Prezident Abdulla Gul Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.

Kafedralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ingliz tili iqtisodiyot kafedrasi
  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Mehnat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish munosabatlari kafedrasi
  • Moliya kafedrasi
  • Ekonometriya kafedrasi
  • Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedrasi
  • Biznes boshqaruvi kafedrasi
  • Turizm menejmenti kafedrasi
  • Boshqaruv axborot tizimlari kafedrasi

Bir muddat talaba qabul qilmagan Siyosatshunoslik va Xalqaro munosabatlar, Turizm menejmenti va biznes kafedralari 2005-2006-o‘quv yilidan boshlab yana talaba qabul qila boshlagan.

2020-2021-yillarga kelib, Moliya va biznes kafedralaridagi dars jarayonlarida 30% ingliz tilidan foydalana boshlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://iktisat.istanbul.edu.tr/tr/yonetim

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]