Istanbul universiteti Aloqa fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbul universiteti Aloqa fakulteti
Ishga tushgan sanasi 1950
Joylashuvi Beyazıt, Fotih, Istanbul
Vebsayti http://iletisim.istanbul.edu.tr/
Til(lar)i turkcha

Istanbul universiteti aloqa fakulteti - 1950-yilda Istanbul universiteti tarkibida Jurnalistika instituti nomi bilan tashkil etilgan fakultet. U Turkiyaning birinchi aloqa fakultetidir.

Istanbul jurnalistlar uyushmasi 1947-yilda Istanbul universiteti Senatiga jurnalistik taʼlim beruvchi oliy taʼlim muassasasining faoliyatini boshlashni soʻrab murojaat qilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad — ilmiy asoslangan zamonaviy taʼlim muhiti orqali mamlakat hayotida muhim o‘rin tutadigan jurnalist kadrlarni tayyorlash boʻlgan. Shundan kelib chiqib, Jurnalistika institutining tashkil etilishiga asos solgan Jurnalistlar uyushmasi asoschisi Sedat Simavi maktub tayyorlab, Istanbul universiteti rektori faxriy professor Dr. Siddiq Sami Onarga yuboradi.

1975-1980-yillarda universitetning Iqtisodiyot fakulteti qoshidagi Jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar instituti nomini olgan taʼlim muassasasiga 1980-yilda kasb-hunar bilim yurti maqomi berildi va (yana Iqtisodiyot fakulteti qoshida) Jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar kollejiga aylantirildi.[1] 1982-yilda Istanbul universiteti rektorligiga biriktirildi va Bosma matbuot kolleji nomini oldi. Kollej 1992-yilda Istanbul universitetining aloqa fakultetiga aylantirildi. 1992-1993-o‘quv yilida fakultetning birinchi dekani etib kollej direktori prof. Dr. Tayfun Akguner tayinlandi. Bugungi kunda u „Jurnalistika“, „Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama“ hamda „Radio, Televideniye, Kino“ yo‘nalishlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim berishni davom ettirmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [1] İstanbul Üniversitesi İletişim Fakültesi: Tarihçe