Ispan tortillasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ispan tortillasi

Ispan tortillasi (kartoshkali tortilla; ispancha: tortilla de patatas) — kartoshka bilan tovuq tuxumidan zaytun moyida pishirilgan tuxum. Paella va gaspacho bilan birga, u eng mashxur ispan taomlaridan biridir. Koʻpincha nonushta uchun tortiladi. Ispan barlarida tortilla sendvichda gazak sifatida taqdim etiladi. Italiya frittatasi yoki Belarus drochyonasi bilan oʻxshashlikka ega.

U XVII-asrning boshidan beri maʼlum boʻlgan va, ehtimol, birinchi marta Kartus rohiblari tomonidan tayyorlangan. Boshqa bir versiyaga koʻra, birinchi kartoshkali tortillani XIX-asrda Navarrelik dehqon ayol, Karlist generali Zumalakarregi unikida tunagani qolganida, kartoshka va tuxumdan boshqa mahsulotlar yoʻqligida tayyorlagan[1].

Anʼanaviy retseptda kartoshka tilim yoki kub shaklida kesiladi va oltin jigarrang boʻlgunga qadar tovada zaytun moyida qovuriladi, shundan soʻng undagi qolgan yogʻni oqizish uchun chovliga oʻtkaziladi. Xom tuxum alohida idishda koʻpirtiriladi, tayyor kartoshkaga qoʻshiladi, aralashtiriladi va yana tovada qovuriladi, shundan soʻng hosil boʻlgan omlet qovurilgan tomonini tepaga aylantiriladi. Tortilla qovurilgan tomonini tepaga qaratib tortiladi. Taom issiq, iliq yoki sovuq (oxirgi holatda, tapas sifatida) taklif etiladi[2].

Asosiy retseptdan tashqari, boshqa sabzavotlar qoʻshilishi bilan farqlar mavjud. Tayyor tortilla Ispaniyadagi har qanday supermarketning assortimentida, odatda ikkita versiyada: piyoz qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan holatda sotiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]