Iso Chelebiy
| Iso Chelebiy | |
|---|---|
| Usmoniylar imperiyasi shahzodasi | |
|
Isoning surati (Paolo Veronese tomonidan ishlangan surat, XV asr) | |
| Usmoniylar imperiyasi sultoni (daʼvogar) | |
| Saltanat | 1403-yil yanvar[1] − March/May 1403 |
| Oʻtmishdoshi | Boyazid I |
| Davomchisi | Mehmed I |
| Karesi beyi (Temuriylarning vassali sifatida) | |
| Saltanat | 1402-yil 16-dekabr – 1403-yil yanvar |
| Hamid sanjak beyi[1] | |
| Saltanat | tax. 1391 – nomaʼlum |
| Vafoti |
1403-yil sentyabr Eskişehir, Usmoniylar imperiyasi |
| Dafn etilgan joy | |
| Turmush oʻrtogʻi | John Tonterezning qizi |
| Otasi | Boyazid I |
| Onasi | Devletşah xotun |
| Dini | Islom, sunniylik |
Iso Chelebiy (usmonli turkcha: عیسی چلبی; faol davri: tax. 1391 – 1403-yil sentyabr) – Usmoniylar shahzodasi, Usmoniylar imperiyasida taxtsizlik davrida saltanat hamhukmdori boʻlgan.
Taraf
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iso Usmoniylar imperiyasi sultoni Boyazid I ning oʻgʻillaridan biri edi. Onasi Davlatshoh xotun Germiyoniylar hukmdori Sulaymon Shoh va Mutahhara Obida xotunning qizi edi. Hamid sanjagi fath etilganidan soʻng Iso shu sankakka sanjakbeyi etib tayinlangan. Baʼzi manbalarda uning Nikopol jangida ishtirok etgani tilga olinadi, biroq bu maʼlumot tasdiqlanmagan. 1402-yilda Iso otasi bilan birga Anqara jangida qatnashgan. Magʻlubiyatdan soʻng qochib, Baliqesir atroflarida yashiringan. 1402-yil noyabr holatiga koʻra, Iso Bosforning Osiyo qirgʻogʻi va Marmar dengizi janubiy tomonida hukmronlik oʻrnatgan. Amir Temur 1402-yil 16-dekabrda Smirnani qoʻlga olganidan soʻng darhol Iso Temurga elchisi Qutbiddin Iznikiy orqali oʻz sadoqatini maʼlum qilgan. U Temurga elchi bilan birga qimmatbaho otlar va sovgʻalar yuborgan. Temur ham unga kamar, qalpoq va chopon yoʻllab, Balikesir viloyati boshqaruvini topshirgan[1].
Taxtsizlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1403-yilda otasining asirlikda vafot etganini bilgach, Iso boʻshab qolgan taxt uchun ukalari Mehmed, Muso va Sulaymonga qarshi kurash boshladi. U Onadoʻli poytaxti Bursani egallash uchun Musoga qarshi jang qildi. Musoni magʻlub etib, imperiyaning Onadoʻlidagi hududlarining bir qismini oʻz nazoratiga oldi. Biroq Yevropadagi hudud Rumelia Sulaymonning qoʻl ostida edi. Onadoʻlining sharqiy qismi esa Mehmedning nazoratida boʻlgan. Oʻz yerlarining ikki tarafdan birodarlari mulklari orasida zaif ahvolda ekanini his etgan Iso Vizantiya imperatori Manuel II Palaiologos bilan doʻstlik shartnomasini imzoladi. Iso katta oʻgʻil boʻlgani hamda butun hududga haqli ekanini aytib, imperiyaning Onadoʻli qismini boʻlib olish haqidagi Mehmedning taklifini rad etdi. Rad javobidan soʻng 1403-yil mart yoki may oyida boʻlib oʻtgan Ulubod jangida Iso ukasi Mehmed tomonidan magʻlub etildi. Bu jangda u tajribali arbob, oʻzining vaziri Timurtoshni ham yoʻqotdi. Shundan soʻng Iso Vizantiya yerlari orqali Rumeliga qochib ketdi[2].
U yerda Iso ukasi Sulaymon bilan uchrashdi va undan Onadoʻlidagi daʼvosi uchun yordam oldi. Sulaymon bergan yangi qoʻshinlar bilan Onadoʻliga qaytib, Bursa ustidan qayta nazorat oʻrnatishga urindi. Garchi bunga erisha olmagan boʻlsa-da, otasi Boyazid I tomonidan zabt etilib, Anqara jangidagi magʻlubiyatdan soʻng yana mustaqillikni qayta qoʻlga kiritgan Onadoʻli beyliklari bilan ittifoq tuzib, Mehmedga qarshi kurashni davom ettirdi. Ammo bir qator magʻlubiyatlar va ittifoqchilarining xiyonatidan soʻng Iso taxt uchun kurashdan voz kechdi[3].
Magʻlubiyatdan keyin Iso yashirindi va Eskishehirdagi hammomda (hamam) topilib, 1403-yilda Mehmedning tarafdorlari tomonidan boʻgʻib oʻldirildi. Yozuvchi Ruy Gonsales de Klavixo 1403-yil sentyabrida Iso Chelebiyning tirik boʻlmaganini yozgan. Uning jasadi Bursada otasining qabri yoniga dafn qilingan. Tarixiy manbalarda Iso Chelebiy xarakterga ega shahzoda, biroq omadsiz va ojiz kishi sifatida tasvirlanadi[1].
Oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Isoning vafotidan soʻng taxtsizlik davri 1413-yilgacha davom etdi. 1413-yilda Mehmed Musoni magʻlub etib, Sulton Mehmed I sifatida saltanatning yagona hukmdoriga aylandi. Boyazid I ning boshqa bir oʻgʻli Mustafo Chelebiy taxtsizlik davrida yashirinib yurgan, biroq keyinchalik taxtga qarshi ikki marotaba muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon koʻtargan. Ulardan biri 1416-yilda Mehmedga qarshi, ikkinchisi esa 1421-yilda jiyani Murod II ga qarshi edi. Murod Mustafo Chelebiyni düzmece („soxta daʼvogar“) deb atab, uni qatl qildirgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Nezi̇hi̇ Aykut (2016). "ÎSÂ ÇELEBİ" (Turkish). TDV Encyclopedia of Islam, Supplement 1 (Abazalar – Kaftan). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies. ISBN 978-975-389-878-2. https://islamansiklopedisi.org.tr/isa-celebi.
- ↑ Joseph von Hammer: Osmanlı Tarihi Vol I (condensation: Abdülkadir Karahan), Milliyet yayınları, İstanbul. p 55-56
- ↑ Prof. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye Tarihi Cilt II, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 72