Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Исломшунослик илмий-тадқиқот маркази
(ИИТМ)
IITM.jpg
Xalqaro nomi The Center for Research on Islamic Studies
Shiori Юксак маънавият, қадриятлар уйғунлиги ва бағрикенглик
Asos solingan 1999
Manzili 100011, Тошкент, Абдулла Қодирий кўчаси 11 уй.
Vebsayti Марказ веб сайти

Tarixi[tahrir]

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 йил 7 апрелdagi «Toshkent islom universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-2282 sonli Farmonining 6-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 6 maydagi 224-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan.


== Markazning asosiy vazifalari:

  • ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur oʻrganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka etkazish;
  • jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan oʻrnini tadqiq etish, rivojlanish yoʻnalishlari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
  • mintaqa va xalqaro doirada yuz berayotgan zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish.

Markaz tuzilmasi[tahrir]

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi 7 boʻlimdan iborat:

  1. Qurʼonni oʻrganish (tafsir) boʻlimi
  2. Hadisshunoslik boʻlimi
  3. Islom tarixi va falsafasi boʻlimi
  4. Shariat (fiqh) boʻlimi
  5. Maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat boʻlimi
  6. Manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimi
  7. Ekspeditsiya va taqriz boʻlimi


Loyihalar[tahrir]

Bugungi kunda Markazda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:

Fundamental tadqiqotlar

  1. «Movarounnahrda Qurʼon va tafsir ilmlari taraqqiyoti, mashhur mufassirlar ilmiy merosining oʻlka maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni».

Amaliy tadqiqotlar

  1. «Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy-maʼrifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sogʻlom eʼtiqodni shakllantirish».
  2. «Diniy mutaassiblikning vayronkor mohiyati, maʼnaviy qadriyatlarimizga tahdidi va yoshlarda ularga qarshi gʻoyaviy immunitetni mustahkamlashning amaliy-tatbiqiy uslublari».
  3. «Globallashuv sharoitida diniy soha rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari va geosiyosiy ahamiyati, yoshlarda diniy bagʻrikenglik madaniyatini yuksaltirishning yoʻllari va vositalari».
  4. «Yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini etnosotsiologik tadqiqot asosida oʻrganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish».
  5. «Globallashuv sharoitida zamonaviy tasavvufiy tariqatlar: taʼlimotlar, uslublar, tahlil va xulosalar».
  6. «Markaziy Osiyoda xattotlik sanʼatining rivojlanish tarixi, xattotlik maktablari».
  7. «Din psixologiyasini oʻrganishning nazariy metodologik masalalari».

Innovatsion loyihalar

  1. «Globallashuv sharoitida yoshlar maʼnaviy kamolotini yuksaltirishda Oʻrta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining axamiyati nomli elektron uslubiy qoʻllanmasini tayyorlash».

Hamkorlik aloqalari[tahrir]

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qoʻmitasi
  3. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
  4. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
  5. Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi
  6. «Mahalla» xayriya-jamoat fondi
  7. Imom Buxoriy xalqaro markazi
  8. Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi
  9. Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
  11. «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi
  12. «Movarounnahr» nashriyoti
  13. «Yangi asr avlodi» nashriyoti

Havolalar[tahrir]