Islomjon Mamadaliyev
Islomjon Haydarovich Mamadaliyev (1948.26.1, Yangiqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent davlat universiteti ning filol. fakultetini tugatgan (1984). 1967-yildan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 22maktabda, 1997-yildan Yangiqoʻrgʻon shahrichasidagi ixtisoslashtirilgan internatmaktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. M. darsda koʻrgazmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |