Islandlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Islandlar — xalq. Islandiyaning asosiy aholisi. 255 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Shuningdek, Kanadada (30 ming kishi), AQShda (5 ming kishi) va Yevropa mamlakatlarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Island tilipe. gaplashadilar. Dindorlari — lyuteranlar.

I.ning etnogenezi va etnik tarixi yaxshi oʻrganilgan: "Yer egallanganligi haqida kitob" (12—13-asrlar)da Islandiyaga dastlabki (9—10-asrlarda) kelgan 400 kishining (asosan, norveglar) nomlari keltirilgan. Skandinav-kelt komponenti I.ning boshlangʻich etnik asosi boʻlgan. 930 y.da birinchi umumisland xalq majlisi — alting chaqirilgan. 1000 y.dagi altingda ixtiyoriy ravishda xristian dini qabul qilingan. 13—17-asrlarda I. elatboʻlib, 19-asr oxirida esa millat boʻlib shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — qoʻychilik va yilqichilik, shuningdek, baliqchilik, hunarmandchilik ham qad. tarixga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil