Islandiyada turizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Faol turizm: Skaftafellda Islandiya otlarini minish

Soʻnggi 15 yil ichida Islandiyadagi turizm iqtisodiy ahamiyati jihatidan sezilarli darajada oʻsib bordi. 2016-yil holatiga koʻra, turizm sanoati Islandiya yalpi ichki mahsulotiga taxminan 10 foiz hissa qoʻshdi[1]. 2017-yilda birinchi marta xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2 000 000 nafardan oshdi va turizm mamlakat eksport daromadining qariyb 30 foizini tashkil qildi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiyaga chet ellik tashrif buyuruvchilar yillik sonining doimiy aholi sonining oʻsishiga nisbatan evolyutsiyasi

Chet ellik sayyohlarga koʻrsatilgan xizmatlar uzoq vaqt davomida Islandiya iqtisodiyotining ahamiyatsiz qismi boʻlib, xalqaro havo qatnovi paydo boʻlganidan keyin ham kamdan-kam hollarda YaIMga 2 foizdan koʻproq hissa qoʻshdi[3]. 1980-yillarning boshlariga qadar Islandiyaga tashrif buyuruvchilar soni asta-sekin hamda tartibsiz ravishda oʻsib bordi, bu paytda bir yillik tashrif buyuruvchilar soni 80 000 nafardan oshmas edi[4] va undan keyin koʻp yillar davomida islandiyalik sayyohlar soni bilan deyarli tenglashmadi. Bu holat XXI asrning boshiga qadar davom etdi, yaʼni tashrif buyuruvchilarning yillik soni birinchi marta umumiy aholi soni populyatsiyasidan oshib, 300 000 nafar atrofidagi sonni tashkil etdi.

Bir necha yil oʻtgach, Islandiya turizm sanoati gullab-yashnashni boshdan kechira boshladi va bugungi kunga qadar hech qanday pasayish alomatlari kuzatilmadi, buni 2003-yildan 2010-yilgacha chet ellik mehmonlar soni yiliga oʻrtacha 6 foizga, 2010- va 2014-yillar orasida yiliga oʻrtacha 20 foizga oshganidan ham koʻrish mumkin[5][6]. 2015-yilda bu tez oʻsish davom etdi, yanvardan oktyabrgacha boʻlgan davrda Islandiyaga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar soni 1 milliondan oshdi. Islandiya sayyohlik kengashi maʼlumotlariga koʻra, chet ellik mehmonlarning Islandiyada tunab qolishlarining umumiy soni 2000-yildagi 595 mingdan 2010-yilda 2.1 millionga oshgan, 2014-yilda esa bu koʻrsatkich 4.4 millionga yetgan[7].

Islandiyada 2014-yilda turizm bilan bogʻliq sohalarda ishlaydiganlar soni 21,6 ming kishini tashkil etdi, bu umumiy ishchi kuchining qariyb 12 foizini tashkil etadi va turizmning yalpi ichki mahsulotga toʻgʻridan-toʻgʻri hissasi 5 foizga yaqin koʻrsatkichni tashkil etdi[8].

Turistik demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya oʻzining inson qoʻli tegmagan tabiati va noyob atmosferasi bilan mashhur[9]. Islandiya yozda (iyun-avgust) eng koʻp sayyohlarni qabul qiladi. 2014-yilda Islandiyada yoz oylarida tashrif buyuruvchilar jami sayyohlarning taxminan 42 foizini tashkil etdi, bu avvalgi ikki yilga nisbatan mutanosib ravishda bir oz pasayish edi, qishki tashrif buyuruvchilar ulushi esa xuddi shu davrda 4 foizdan oshdi[10]. 2014-yil holatiga koʻra, Islandiyaning eng yirik sayyohlik bozorlari Markaziy/Janubiy Yevropa, keyin esa boshqa mintaqalar: Shimoliy Amerika, Buyuk Britaniya, soʻngra Skandinaviya mamlakatlari sayyohlarini oʻz ichiga oladi. Aholisi Islandiyaga tashrif buyuruvchi mamlakatlardan eng koʻp sayyohlar soni boʻyicha 2014-yilda birinchi beshlikka Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya va Norvegiya kirdi. Kanada 2013—2014-yillarda tashrif buyuruvchilar sonining eng katta oʻsishiga ega boʻlib, mamlakatdan Islandiyaga kelgan sayyohlar yiliga 60 foizdan ortiq oʻsishga erishgan[10].

Mashhur sayyohlik joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu roʻyxatdagi manzillar Islandiya sayyohlik kengashi tomonidan 2014-yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, soʻrovda alohida qayd etilgan 39 ta joydan Islandiyaga eng koʻp tashrif buyuriladigan 10 ta yoʻnalish hisoblanadi (foizlar ushbu manzilga tashrif buyurgan barcha xorijiy sayyohlar ulushini koʻrsatadi va u yoz fasli bilan bogʻliq boʻlib, qishda baʼzi yoʻnalishlarga borish oson emas)[11].

No. Manzil Foiz
1 Poytaxt viloyati 97,0 %
2 Geysir/Gullfoss 59,4 %
3 Þingvellir 50,4 %
4 Vik 47,4 %
5 Skogar 43,6 %
6 Jökulsárlon (muzlik lagunasi) 42,3 %
7 Skaftafell 40,3 %
8 Akureyri 36,2 %
9 Myvatn 34,0 %
10 Blue Lagoon 31,5 %

Mamlakatlar boʻyicha tashrif buyurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiyaga asosiy aeroport orqali kelgan mehmonlarning aksariyati quyidagi millat vakillaridir[12]:

No. Mamlakat 2015-yil 2016-yil 2017-yil 2018-yil
1  AQSh 242 805 415 287 576 403 694 814
2  Buyuk Britaniya 241 024 316 395 322 543 297 963
3  Germaniya 103 384 132 789 155 813 139,155
4  Kanada 46 654 83,144 103 026 99 715
5  Fransiya 65 822 85 221 100 374 97 224
6  Polsha 27 079 39 613 66 299 91 463
7  Xitoy 47 643 66 781 86 003 89 495
8  Ispaniya 27,166 39,183 57 971 65 589
9  Daniya 49 225 49 951 53 240 51 019
10  Shvetsiya 43 096 54,515 56 229 49 316
Jami xorijliklar soni 1 261 938 1 767 726 2 195 271 2 315 925

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tourism to bring in 10% of Iceland’s GDP in 2016“. Icelandmonitor.mbl.is. Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.
  2. „Foreign visitors to Iceland 1949-2014“. Ferdamalstofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
  3. „International tourist receipts and expenditures and their share in exports and GDP 1969-2008“. Px.hagstofa.com. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil. [sayt ishlamaydi]
  4. „Foreign passengers 1971-1999“. Px.hagstofa.com. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil. [sayt ishlamaydi]
  5. „Passengers through Keflavik airport by citizenship and month 2002-2014“. Px.hagstofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil. [sayt ishlamaydi]
  6. „Foreign visitors to Iceland 1949-2014“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
  7. „Tourism in Iceland in Figures“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
  8. „Financial accounts“. Hagstofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
  9. „krpano - thorsmork“. Vr-iceland.grandpano.sk. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  10. 10,0 10,1 „Tourism in Iceland in Figures - Icelandic Tourist Board“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  11. „Tourism in Iceland in Figures“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
  12. „Passengers through Keflavik airport by citizenship and month 2002-2018-PX-Web“. Px.hagstofa.is. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya sayyohlik kengashining mintaqaviy saytlari: