Islambek Rustambekov
| Islambek Rustambekov | |
|---|---|
|
| |
| Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v. v. b. | |
|
Mansab davri 2022 — h. v. | |
| Avvalgisi | Akbar Toshqulov |
| Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori | |
|
Mansab davri 2019 – 2022 | |
| Avvalgisi | Mansurxon Kamalov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Ilmiy unvoni | Professor |
| Vebsayti | rustambekov.uz |
Islambek Rustambekovich Rustambekov (1985-yil 15-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik huquqshunos, yuridik fanlar doktori va professor. Toshkent davlat yuridik universiteti rektori[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isalmbek Rustambekov 1985-yil 15-dekabrda Toshkentda tugʻilgan[2]. 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriat bosqichini[3], 2009-yilda shu institutning magistratura bosqichini tamomlagan[2]. Ilk mehnat faoliyatni 2010-yilda Toshkent davlat yuridik insituti aspiranti lavozimida boshlagan. 2010—2013-yillarda shu institutning „Xalqaro xususiy huquq“ kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi[4], 2013—2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining „Xalqaro tijorat huquqi“ kafedrasi mudiri[5], 2017-yilda universitetning „Biznes huquqi“ kafedrasi mudiri, 2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi „Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi“ kafedrasi mudiri[6], 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i[7], 2019—2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori vazifasida faoliyat olib borgan. 2022-yildan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchi[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islambek Rustambekov xalqaro xususiy huquq, xalqaro investitsiya huquqi, xalqaro fuqarolik protsessi, xalqaro tijorat va investitsiya arbitraji, yarashuv protseduralari, mediatsiya, chet el sudlari qarorlari va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqiy faoliyat olib boradi[8]. 2011-yilda „Oʻzbekistonda domen nomlarini huquqiy tartibga solish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda „Internet tarmogʻida fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[9]. 100 dan ziyod ilmiy nashrlar muallifi ( maqolalar, monografiyalar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari)[10][8].
Islambek Rustambekov Investitsiya nizolarini hal etish xalqaro markazi (ICSID) hakamlar hay’ati a’zosi[11]. Shuningdek, Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC), Gonkong xalqaro arbitraj markazi (HKIAC), Kuala-Lumpurdagi Osiyo xalqaro arbitraj markazi (AIAC), Delosdagi mustaqil arbitraj instituti, Ukraina arbitraj uyushmasi (UAA), Anqaradagi Energetika nizolari arbitraj markazi (EDAC) va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (WIPO) arbitraj va vositachilik markazi hakamlar ro‘yxatiga, Buyuk Britaniya Qirollik hakamlar institutining a’zolari ro‘yxatiga kiritilgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Анора Сураева. „Врио ректора ТГЮУ Ислам Рустамбеков: наши юристы станут локомотивами социально-экономического развития Нового Узбекистана“ (ruscha). themag.uz (2024-yil 28-oktyabr). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Новым проректором ТГЮУ стал Рустамбеков Исламбек Рустамбекович“ (ruscha). repost.uz (2019-yil 20-sentyabr). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „В ТГЮУ назначен новый проректор по учебной работе“ (ruscha). uznews.uz (2019-yil 19-sentyabr). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Islombek Rustambekov Toshkent davlat yuridik universitetiga prorektor etib tayinlandi“. daryo.uz (2019-yil 20-sentyabr). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Назначен новый проректор Ташкентского государственного юридического университета“ (ruscha). podrobno.uz (2019-yil 20-sentyabr). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi prorektor tayinlandi“. kun.uz (2019-yil 19-sentyabr). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Yuridik universitetga yangi prorektor tayinlandi“. qalampir.uz (2019-yil 20-sentyabr). 2025-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ 8,0 8,1 „Rustambekov Islambek Rustambekovich“. tsul.uz. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ Anora Surayeva. „TDYU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov: bizning huquqshunoslarimiz Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining lokomotiviga aylanadi“. themag.uz (2024-yil 28-oktyabr). 2025-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Рустамбеков Исламбек Рустамбекович“ (rsucha). cyberlaw.uz. 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Специалист из Узбекистана впервые включен в список арбитров Международного центра по урегулированию инвестиционных споров“ (ruscha). yuz.uz (2020-yil 30-iyul). 2025-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.
- ↑ „Профессор Исламбек Рустамбеков“ (ruscha). centerarbitr.ru. 2025-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-iyun.