Kontent qismiga oʻtish

Ishtixon jome masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Ishtixon jome masjidi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Samarqand
Shahar Ishtixon
Manzil Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Yaxshilikov Abduxamid
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Saharlik va iftorlik
Kutubxona
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Map
Ishtixon jome masjidi xaritada

Ishtixon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Navoiy koʻchasida joylashgan masjid[1]. Mazkur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].

Ishtixon masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Masjid 1997-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan[3]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Masjidning imomi Samarqand viloyati Ishtixon tumanining imom-xatibi Yaxshilikov Abduxamid hisoblanadi[4].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Ishtixon tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Ishtixon tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[4]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Ishtixon tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[5].

  1. „"ИШТИХОH" жомъе масжиди“. uzorg.info. uzorg.info. 2025-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2025-yil.
  2. „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. 2025-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  3. „"IShTIXON" JOME' MASJIDI“. legat.by. legat.by. Qaraldi: 21-yanvar 2025-yil.
  4. 4,0 4,1 „Иштихон жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  5. „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.