Ishqibozlar dunyosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ishqibozlar dunyosi
Республика чудаков, или 1000 и одна страсть
Muallif Yuriy Alperovich
Janr qiziqishlar
Til rus
Nashr qilingan yil 1970
Tarjimon Olimjon Ahmadjonov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1975
Sahifalar soni 120

„Ishqibozlar dunyosi“ (ruscha: Республика чудаков, или 1000 и одна страсть) — rus yozuvchisi va jurnalisti Yuriy Alperovich qalamiga mansub qiziqishlar haqidagi kitob. Ilk bor 1970-yil Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asarda boʻsh vaqtini gʻaroyib ishlarga bagʻishlagan shaxslar va ularning xobbilari haqida hikoya qilinadi.

Asarni oʻzbek tiliga Olimjon Ahmadjonov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1975-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.

Oʻzbekcha tarjima[tahrir]

Asarni oʻzbek tiliga 1970-yil „Detskaya literatura“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Olimjon Ahmadjonov qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1975-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Siddiqov – muharrir, E. Valiyev – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, A. Albert – texnik muharrir, M. Ortiqova – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

Manbalar[tahrir]

  1. Gʻalati odamlar respublikasi yoki 1001 ishtiyoq. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 16.02.2016.