Ishigaki oroli

Ishigaki oroli (yaponcha: 石垣島, Ishigaki-jima; Yaeyama: Ishanagï; Okinava: Ishigachi, shuningdek Ishigakijima nomi bilan ham tanilgan) — Okinava orolining janubi-gʻarbida joylashgan yapon oroli boʻlib, Yaeyama orollari guruhida Iriomote orolidan keyin ikkinchi yirik orol hisoblanadi. U Okinava orolidan taxminan 411 km janubi-gʻarbda joylashgan.
Orol Okinava prefekturasidagi Ishigaki shahri hududiga kiradi. Shahar butun arxipelagning biznes va transport markazi vazifasini bajaradi. Orolga Yaeyama orollaridagi eng yirik aeroport – Yangi Ishigaki aeroporti xizmat koʻrsatadi.
Orolning katta qismi va uning atrofidagi suvlar, jumladan Omoto tog‘i va Kabira ko‘rfazi, Iriomote-Ishigaki milliy bog‘ining bir qismi sifatida muhofaza qilinadi[1].
Ishigaki oroli madaniyatiga, Okinavaning qolgan qismi singari, uning joylashuvi sababli (yaʼni, Tayvanning shimoli-sharqiy qirgʻogʻidan 300 km uzoqlikda) ham Yaponiya, ham Tayvan oʻz taʼsirini koʻrsatgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1771-yilda Ishigaki orolida tarixdagi eng baland tsunami roʻy bergan[2].
Aum Shinrikyo sektasining zarin gazi hujumida ishtirok etganlardan biri Yasuo Hayashi hujumdan 21 oy oʻtib, jinoyat sodir boʻlgan joydan 2 000 km uzoqlikda, Ishigaki orolida hibsga olingan.
2024-yil 11-aprelda mahalliy aholi yapon harbiylarining orolga joylashishiga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazdi[3].
Ishigaki porti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ishigaki Okinava orolidan 400 km janubi-gʻarbda va Szilundan 259 km sharqda joylashgan boʻlib, Yaeyama orollariga kirish darvozasi vazifasini bajaradi. Ishigaki porti 2017-yil holatiga koʻra, Yaponiyaning eng mashhur dengiz portlari ichida 5-oʻrinda, Yaponiyaniki boʻlmagan kemalarning portga kirishlari soni boʻyicha esa 4-oʻrinda turadi. Portga har hafta Tayvandan Star Cruises kemasi keladi. Shuningdek, bir nechta kompaniyalar har kuni Hateruma, Iriomote, Kohama va Taketomi orollariga parom qatnovini amalga oshiradi[4][5].
Yaponiyaning „kulrang hudud“ chaqiriqlariga ortib borayotgan eʼtibori sabab, Ishigaki porti kengaytirildi va endilikda bu yerda 1000 tonnadan ortiq sigʻimga ega boʻlgan oʻnlab Yaponiya sohilboʻyi qoʻriqlash xizmati (JCG) kemalarini joylashtirish mumkin. Hozirda portda 11 ta Kunigami sinfi yirik patrul kemasi, 2 ta Hateruma sinfi yirik patrul kemasi, 1 ta Bizan sinfi kichik patrul kemasi va 1 ta Kagayuki sinfi patrul qayigʻi bazasi joylashgan. Shuningdek, 600 nafar ekipaj uchun yashash sharoitlari yaratilgan boʻlib, bu Ishigakini JCGning eng yirik bazasiga aylantirdi. U hatto Yokohamadagi JCG inshootlaridan ham kattaroq[6][7][8].
Tokio 2021-moliya yilida mintaqa uchun yangi patrul kemalari qurish va vertolyotlar xarid qilishga ¥21,2 milliard yen (205 million AQSh dollari) ajratgan. Rejaga koʻra, 2024-yilgacha mintaqaga 1000 tonnadan katta 22 ta kema (jumladan, 3 ta Tsugaru, 1 ta Kunigami va bazasi Naha shahrida joylashgan 1 ta Hateruma klassidagi patrul kema) ajratilishi kerak edi. Tokio, shuningdek, Ishigaki va Naha orasida joylashgan Miyako-jima orolida JCGni kuchaytirish maqsadida bu yerga 9 ta Shimoji sinfi kichik patrul kemasi va bir Tokara sinfi oʻrta patrul kemasini joylashtirdi[9]. Bundan tashqari, Yaponiya mudofaa kuchlari ham orolda qisqa masofali kemaga qarshi raketalarni joylashtirishni koʻrib chiqmoqda (ehtimol, „96 tip“ raketa kompleksi)[10].
-
Ishigaki porti
-
Ishigaki portidagi Yaponiya qirgʻoq xavfsizlik xizmati kemalari
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Ishigaki oroli, Taketomi va Kohama orollarining havodan koʻrinishi (2014)
-
Kabira qoʻltigʻi
-
Kabira qoʻltigʻi
-
Kosmosdan Ishigaki oroli
-
Torinji Gongendo, buddaviy ibodatxonasi
-
Shiraho marjon riflari
-
Hirakubo yarim oroli
-
Hirakubo
-
Omoto togʻi
-
Hirakubosaki mayoqi
-
Kabira qoʻltigʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Introducing places of interest: Iriomote-Ishigaki National Park (Ishigakijima)“. Ministry of the Environment. 2012-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-fevral.
- ↑ 「宮古八重山津波」(1771 年) における災害・年貢・復興について —石垣島と多良間島を中心に—」 (Wayback Machine saytida 2016-05-05 sanasida arxivlangan) 豊見山和行 (Tomiyama, Kazuyuki) University of the Ryukyus Repository (Retrieved on May 13, 2009) (yaponcha) Index (Wayback Machine saytida 2016-05-05 sanasida arxivlangan) (Retrieved on May 13, 2009)
- ↑ „Increased Japanese military presence on small island of Ishigaki frustrating locals“. YouTube (2024-yil 11-aprel).
- ↑ „2017 Asia Cruise Trends“. cruising.org. Cruise Lines International Association. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
- ↑ Sato, Yuji. „The Japan Coast Guard protects the Senkaku Islands to the last“. Japan Foreign Policy Forum (2016-yil 18-oktyabr). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ Saitō, Katsuhisa. „The Senkaku Confrontation: Japan's Coast Guard Faces Chinese "Patrol Ships"“. Nippon Communications Foundation (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ "Japan Coast Guard to form 600-member unit tasked solely with patrolling Senkakus."[Usurped!]
- ↑ Kanaya, Shohei. „Japan to bulk up Senkaku patrols as more Chinese ships enter area“. Nikkei, Inc. (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
- ↑ „Self-Defense Forces gear up for large-scale war games on remote isle“ (The Japan Times/AFP-JIJI)