Ishé Samuels-Smith
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ishé Barrington Samuels-Smith[1] | ||
| Tavallud sanasi | 5-iyun 2006-yil | ||
| Tavallud joyi | Manchester, Angliya[2] | ||
| Boʻyi | 1.82m[2] | ||
| Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Strasbourg | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2015—2023 | Everton | ||
| 2023—2025 | Chelsea | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2025— | Strasbourg | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| Angliya U-15 | |||
| 2021—2022 | Angliya U-16 | 6 | (0) |
| 2022—2023 | Angliya U-17 | 21 | (1) |
| 2023—2024 | Angliya U-18 | 7 | (0) |
| 2024— | Angliya U-19 | 1 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-iyul uchun) | |||
Ishé Barrington Samuels-Smith (2006-yil 6-iyunda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Ligue 1 vakili „Strasbourg“ klubida chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manchesterda tugʻilgan Samuels-Smith toʻqqiz yoshida „Everton“ akademiyasiga qoʻshilgan[3]. U 2022-yil sentyabr oyida, hali yoshlar jamoasida toʻp tapayotgan vaqtlarida Angliyaning „The Guardian“ gazetasi tomonidan „Everton“da oʻz yosh guruhidagi futbolchilarning eng yaxshisi deya eʼtirof etilgan[4]. Oʻsha yilning 8-noyabrida futbolchi jamoa bosh murabbiy Frank Lampard tomonidan Angliya Liga kubogining uchinchi bosqichida „Bournemouth“ga qarshi oʻyinda ilk jamoaning zaxira qaydnomasiga kiritilgan[5]. 2023-yil yanvar oyida Lampard ishdan boʻshatilgandan soʻng, yangi bosh murabbiy Sean Dyche ham oʻsha yilning aprel oyida Samuels-Smitni yana tarkibga jalb etgan, ammo u jamoasi „Fulham“ga 3-1 hisobida imkoniyatni boy bergan oʻyinda ham toʻliq oʻyinni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazgan[6].
Dastlab 2022-yil iyul oyida Samuels-Smith bilan aloqaga chiqqan Premyer-liganing „Chelsea“ klubi 2023-yil iyul oyida futbolchi bilan 4 million funt sterling evaziga uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[7][3][8]. Keyinchalik bu kelishuv 2023-yil 8-iyulda rasman tasdiqlangan[9][10].
2025-yilning 30-iyulida Samuels-Smithning Ligue 1da harakat qiluvchi „Strasbourg“ jamoasiga transferi eʼlon qilindi[11].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samuels-Smith Angliyani 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi terma jamoalari sharafini himoya qilgan[12]. U 2023-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan jamoa tarkibidan ham joy olgan va uning musobaqa davomidagi oʻyinlari uni turnir ramziy jamoasiga kiritilishiga ham sabab boʻlgan[13].
2023-yil 6-sentyabrda Samuels-Smith Angliya U-18 terma jamoasidagi debyutini Limogesda kechgan Fransiyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[14].
2023-yil2-noyabrda Samuels-Smith 2023-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga chaqiruv olgan[15].
2024-yil 4-sentyabrda Samuels-Smith Nedelišćeda boʻlib oʻtgan Italiya bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Angliya U-19 terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan[16].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samuels-Smitning egizak akasi Odin hozirda „Everton“ klubi sharafini himoya qilib kelmoqda[12].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2023-yil 6-iyul holatiga koʻra.[17]
| Klub | Mavsum | Liga | Mahalliy kuboklar | Liga kubogi | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Everton U-21 | 2022–2023 | — | 4 | 0 | 4 | 0 | ||||||
| Career total | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 4 | 0 | ||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Premier League clubs publish 2022/23 retained lists“. premierleague.com (2023-yil 16-iyun). Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „Ishé Samuels-Smith“. WorldFootball.net. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 Boyland, Patrick „Chelsea set to complete the signing of Ishe Samuels-Smith from Everton“. theathletic.com (2023-yil 5-iyul). Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ Christenson, Marcus; Bloor, Steven; Blight, Garry „Next Generation 2022: 20 of the best talents at Premier League clubs“. theguardian.com (2022-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ Wakefield, Mark „Who is Ishe Samuels-Smith? Everton teenager who could become youngest ever player“. liverpoolecho.co.uk (2022-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Rooney, Will „What Sean Dyche told 16-year-old defender who was in Everton squad against Fulham“. liverpoolworld.uk (2023-yil 17-aprel). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Veysey, Wayne „Sources: Chelsea plotting move to sign Everton sensation Ishé Samuels-Smith“. footballinsider247.com (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Haigh, Phil „Chelsea to sign Everton teenager Ishe Samuels-Smith on three-year deal“. metro.co.uk (2023-yil 5-iyul). Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ „Samuels-Smith joins Chelsea“. www.chelseafc.com (2023-yil 8-iyul). Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ „Chelsea sign young Everton defender Samuels-Smith“. BBC Sport (2023-yil 8-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Ishe Samuels-Smith signs for Strasbourg“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2025-yil 30-iyul.
- ↑ 12,0 12,1 „Ishé Samuels-Smith“. evertonfc.com. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ „2023 UEFA European Under-17 Championship Team of the Tournament“. UEFA (2023-yil 10-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ Veevers, Nicholas „Report: France 2-0 England MU18s“. EnglandFootball.com (2023-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ Smith, Frank „England squad for the FIFA U-17 World Cup“. EnglandFootball.com (2023-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ Veevers, Nicholas „Report: England MU19s 2-2 Italy“. England Football (2024-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-sentyabr.
- ↑ Ishé Samuels-Smith Soccerway saytida