Sayram Isayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Isayeva Sayram Nigʻmatovnadan yoʻnaltirildi)

Sayram Nigʻmatovna Isayeva (1942.24.11, Dushanba) — aktrisa, rej. Tojikiston xalq artisti (1986). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1964). 1964-yildan Kamol Xoʻjandiy nomidagi Leninobod (hoz. Sugʻd) viloyat musiqali drama teatrida ishlaydi. Teatrda Robiya ("Tugal aytilmagan qoʻshiq"), Aza ("Loʻli qiz Aza"), Emiliya ("Otello"), Rozina ("Figaroning uylanishi") kabi obrazlar yaratgan. Rej. sifatida "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Farmonbibi arazladi" (S. Axmad), "Otasining qizi" (Isfandi-yor), "Afandining besh xotini" (I. Sodiqov), "Imtihon" (F. Ansoriy), "Ayol jaxllanganda" (S. Safarov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Isayeva koʻpgina oʻzbek filmlarida suratga tushgan: Malika ("Laylak keldi, yoz boʻldi"), Sayram ("Uyimga kel"), Turdixon ("Oʻzganing baxti"), Sayram ("Gʻalate-palik avliyo"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Nodirabegim ("Odamlar orasida tanho"), Oʻzbekoyim ("Oʻtgan kunlar", yangi varianta) va b. shular jum-lasidan. Shuningdek, "Hayot tunda oʻtdi" (Saida), "Uchinchi qiz" (Gulnora), "Rustam va Suhrob" (Gurdofarid), "Jinoyatchi va advokatlar" (Sayram) kabi tojik filmlarida ham rollar oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoqubxoʻjayev, Anvar. "Isayeva Sayram Nigʻmatovna" OʻzME. I-harfi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil