Isabel Newstead
| Isabel Newstead | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Jinsi | Ayol | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tavallud paytidagi ismi | Isabel Barr | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tavallud sanasi |
1955-yil 3-may Glazgo, Shotlandiya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vafot sanasi | 2007-yil 18-yanvar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mukofotlar | Buyuk Britaniya Imperiyasi ordeni aʼzosi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Sport | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Qaysi sport |
para-suzish yengil atletika oʻq otish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Medallar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Isabel Newstead, (qizlik familyasi: Barr; 1955-yil 3-may – 2007-yil 18-yanvar) - 1980-yildan 2004-yilgacha ketma-ket yettita Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan britaniyalik paralimpiya sportchisi edi. Isabel Newstead uch xil sport turi boʻyicha umumiy hisobda oʻnta oltin, toʻrtta kumush va toʻrtta bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. U 2008-yilda Shotlandiya sport shon-shuhrat zaliga kiritilgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isabel Barr Glazgoda (Shotlandiya) tugʻilgan[3]. Oʻn toʻqqiz yoshida gripp virusi uning orqa miyasiga zarar yetgan va bu oxir-oqibat tetraplegiyaga, yaʼni toʻrt aʼzoning qisman yoki toʻliq falaj boʻlishiga olib kelgan[1][3]. Kasallanishidan oldin Isabel Newstead mintaqaviy miqyosda musobaqalarda qatnashgan va reabilitatsiyasining bir qismi sifatida suzishni davom ettirgan[4]. Port Glazgo Otters suzish klubida qatnashayotganda uning faoliyatini Britaniya paraplegik suzish jamoasi payqaydi[3]. Isabel Newstead 70-yillarning oxirlarida tizimlar tahlilchisi sifatida ishlash uchun Essexdagi Harlowga koʻchib oʻtadi[1].
Oʻzining birinchi 1980-yili Arnhemda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Isabel Newstead suzish havzasida uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 1984-yili Stock Mandevilleda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u havzada uchta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritdi[2]. Shuningdek, Isabel Newstead pnevmatik miltiqdan otish musobaqasida oltin medalni, shuningdek, yadro uloqtirish va disk uloqtirish musobaqalarida kumush medallarga sazovor boʻlgan[2].
Isabel Newstead sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli 1988-yili Seulda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi suzish musobaqalarida qatnashmadi[3]. Biroq, u yadro uloqtirish musobaqasida kumush medalni va pnevmatik miltiqdan otish va nayza uloqtirish musobaqalarida ikkita bronza medalni qoʻlga kiritdi[2]. U Seul oʻyinlaridan keyin John Newsteadga turmushga chiqdi va undan oldin Isabel Barr nomi bilan musobaqalarda qatnashgan edi[4].
Isabel Newstead 1992-yili Barselonada va 1996-yili Atlantada boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan, ammo hech qanday medal qoʻlga kirita olmagan[4]. Barselonada uning murabbiyining xatosi tufayli u dastlabki bosqichlardan keyin yetakchilik qilayotgan bir musobaqaning finalini oʻtkazib yuboradi. Atlantada ochilish marosimi arafasida Isabel Newstead nogironlar aravachasidan yiqilib tushib, sonini sindirib oladi va jarrohlik amaliyoti oʻtkazishga toʻgʻri keladi[4]. Shu sababli u musobaqalarda qatnasha olmaydi va Pralimpiyani medallarsiz yakunlaydi[4].
2000-yili Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Isabel Newstead pnevmatik miltiqdan otish SH1 toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[4]. U toʻrt yildan soʻng 2004-yili Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻz unvonini himoya qildi va jahon rekordini oʻrnatdi[1][4]. 2001-yilgi Yangi yil mukofotlarida Isabel Newstead „nogironlar sportiga qoʻshgan hissasi uchun“ Buyuk Britaniya Imperiyasi ordeni aʼzosi etib tayinlandi[5].
2006-yilda Isabel Newsteadga saraton kasalligi tashxisi qoʻyildi va 2007-yil yanvar oyida vafot etdi[4]. U oʻsha vaqtda Pekindagi oʻyinlarda ishtirok etish uchun tayyorlanayotgan va xitoy tilini oʻrganish bilan mashgʻul edi[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isabel Newstead 2018-yilda Shotlandiyalik ayollar sport shon-shuhrat zaliga kiritilgan[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bir nechta Paralimpiya oltin medali sovrindorlari roʻyxati
- Bitta Paralimpiya oʻyinlarida bir nechta oltin medal sovrindorlari roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Isabel Newstead“. The Scotsman (2007-yil 26-yanvar). 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Isabel Newstead“. Scottish Sports Hall of Fame (2008). 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Isabel Newstead“. Scottish Disability Sport (2007). 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 „Isabel Newstead“. British Paralympic Association. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ „Scottish Women in Sport Hall of Fame gets 8 new inductees“ (en). The National (2018-yil 13-may). 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1955-yilda tugʻilganlar
- 2007-yilda vafot etganlar
- 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari yengil atletikachilari
- 1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari yengil atletikachilari
- Britaniyalik ayol sportilar
- 1980-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari
- 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari
- 1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari
- 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari
- 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari
- Buyuk Britaniyalik paralimpiya sportchilari
- Buyuk Britaniyalik paralimpiya bronza medal sovrindorlari
- Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari
- Buyuk Britaniyalik paralimpiya oltin medal sovrindorlari
- Buyuk Britaniyalik paralimpiya kumush medal sovrindorlari
- Shotlandiyalik ayol sportilar
- Shotlandiyalik ayol suzuvchilar
- Britaniyalik ayol suzuvchilar
- 1980-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari
- 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari
- 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oʻq otuvchilari
- 1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oʻq otuvchilari
- 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oʻq otuvchilari
- 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oʻq otuvchilari
- Paralimpiada yengil atletika medal sovrindorlari
- Paralimpiada suzish medal sovrindorlari
- Tetraplegiyali sportchilar
- Glazgolik suzuvchilar
- Britaniyalik nogironlar aravachasidan foydalanuvchilar
- Shotlandiyalik ayol nayza uloqtiruvchilar
- Shotlandiyalik ayol yadro uloqtiruvchilar
- Britaniyalik ayol yadro uloqtiruvchilar
- Shotlandiyalik ayol disk uloqtiruvchilar
- Britaniyalik ayol disk uloqtiruvchilar
- Britaniyalik ayol nayza uloqtiruvchilar
- 20-asr shotlandiyalik sportchi ayollar