Isaak Sukervanik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isaak Platonovich Sukervanik (1901.23.5, Boku - 1968.21.4, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1942). Kime fanlari doktori (1940), professor (1940). Turkiston universitetini tugatgan (1927), organik kimyo kafedrasi mudiri (1938 yildan). Asosiy ilmiy ishlari aromatik birikmalarni alkillash va atsillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash usullarini ishlab chiqqan (1933—34). Bifunksional birikmalar bilan alkillash reaksiyalarini oʻrgangan hamda galoid-, oksi-, alkoksi-, karboksi-, sian- va nitro-hosilalar olish usullarini taklif etgan. Defoliantlar, desikantlar va oʻstirish regulyatorlari sintezini amalga oshirgan (1963 yildan).

Manbalar[tahrir]

  • Issledovaniya neftey Oʻzbekistana, T., 1938; Issledovaniya v oblasti alkilirovaniya yadra aromaticheskix soyedineniy, Yerevan, 1955.