Irokezlar
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Irokezlar — AQSH va Kanadadagi indeys xalqlari guruhi (petunlar, guronlar, chirokilar va boshqalar). Irokez tilida soʻzlashadilar. 17—18-asrlarda koʻpchilik xalqlar irokezlarga qoʻshilib ketgan. Oʻzlarini xodenosauni deb ataydilar. Mongoloid irqiga mansub. Ibtidoiy diniy aqidalarga sigʻinadilar, xristianlar ham bor.
16—18-asrlarda seneka, xayuga, onondaga, oneyda, mogauklardan tashkil topgan “Irokez ligasi” deb atalmish qabilalar ittifoqini tuzganlar.
1990-yillar oʻrtalarida Nyu-York va Oklaxoma shtatlarida 60 ming nafar, Ontario va Kvebek viloyatlarida esa 30 ming irokezlar istiqomat qilishi aniqlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |