Irina Avvakumova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Irina Avvakumova
Irina Avvakumova Hinterzarten2013a.JPG
Tugʻilgan paytidagi ismi Irina Andreyevna Taktayeva
Qaysi sport Chang'idan sakrash
Klubi (qaysi klub)
Tavallud sanasi 14-sentabr 1991-yil (1991-09-14) (31 yosh)
Tavallud yeri Mysa, Gatchinsky District, Leningrad viloyat, RSFSR, SSR Rossiya)

Irina Andreyevna qizlik familyasi: Taktayeva Toxtayeva (ruscha: Ирина Андреевна Аввакумова (Тактаева) U changʻidan sakrash boʻyicha koʻp karra Rossiya milliy chempioni va 2012/13-yilgi mavsumda qitʼa Kubogi gʻolibi boʻlgan. 2013-yilgi qishki Universiada oʻyinlarida Predazzo, Avvakumova jamoaviy musobaqada oltin medalni va individual musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. U Rossiya vakili sifatida 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida[1], changʻidan sakrash boʻyicha 16-oʻrinni egallagan. 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida, u toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Avvakumova togʻ changʻisidan changʻidan sakrash sport turiga oʻtgan. 2011-yilda u oʻzining birinchi Jahon Kubogi tadbirida qatnashgan.

Irina Avvakumova Courchevel, 2015-yil
Hinzenbach, Avstriya, FIS Sakrash boʻyicha Jahon Chempionatida Ayollar 2017-yil

Jahon chempionati debyuti (2012)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda uning Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijalarini Zao va Hinzenbachdagi 13 va 14-pozitsiyalarda qoʻlga kiritgan. Rossiya jamoasi bilan u Lillehammerda 11-oʻrinni egallagan (23-noyabr 2012-yil). Olmaotada changʻidan sakrash boʻyicha yozgi Gran-Pri finalida Avvakumova kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. 2012/13-yillarda Avvakumova qitʼa Kubogi gʻolibi boʻlib, toʻrtta musobaqada ishtirok etgan va ulardan uchtasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Jahon Chempionati (2013)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda u Xalqaro maydonda Rossiya sharafni himoya qilgan. Shaxsiy reytingda 13-oʻrinni va jamoaviy reytingda 9-oʻrinni egallagan. Yozgi Gran-Pri 2013-yilgi musobaqalarda, Avvakumova va Hinterzarten 8-chi va Courchevel 10-dagi eng yaxshi oʻnta pozitsiyaga ega chiqishgan.

Jahon chempionatidagi birinchi gʻalaba (2014)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon Kubogi musobaqalarda Avvakumova yakkalik bahslarda ikkinchi jamoviy bahslarda uchinchi oʻrinni egallagan[3]. 2014-yil yanvarda u Jahon Kubogi musobaqasida gʻolib chiqqan. Chaykovskiy, Rossiya, Jahon Kubogi musobaqasida gʻolib chiqqan birinchi rus changʻi sakrashchisi boʻlgan edi(erkak va ayol) [2].

Avvakumovaning murabbiylari Konstantin Shaytanov, Roman Kerov va Roman Pashkin.

Jahon Chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stendlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Umumiy ST AK L3 RA BB
2011/12 33 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2012/13 31 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2013/14 4 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2014/15 11 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2015/16 7 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2016/17 9 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2017/18 5 Yoʻq Yoʻq 6 Yoʻq Yoʻq
2019/20 19 Yoʻq Yoʻq Yoʻq 28 Yoʻq
2020/21 7 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 7
2021/22 27 17 17 Yoʻq Yoʻq

Gʻalabalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

T/r Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi
1 2013/14 2014-yil 4-yanvar  RossiyaChaykovskiy Snezhinka HS106 NH

Oliy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yildan boshlab Avvakumova Moskva Davlat jismoniy tarbiya, yoshlar va turizm Akademiyasida tahsil olgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvakumova Moskvaning Janubi-sharqidagi kichik qishloq Chulkovoda yashaydi. Uning onasi Svetlana mahalliy Oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlaydi[4]. Irinaning otasining familiyasi Taktayev Tatar millatiga mansub va uning otasi Andrey lekin Irinaning oʻzi rus ekanligini taʼkidlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. See http://www.universiadetrentino.org/stiframe1/HIDE/en/-60/Comp/DetailedScheduleByEvent?sportCode=SJX470000 Arxivlandi 2016-03-04 Wayback Machine saytida.. Retrieved 2 January 2014.
  2. See http://aussenseiter-spitzenreiter.info/Joomla/index.php?option=com_content&view=article&id=487:2-platz-fuer-irina-avvakumova-beim-letzten-springen-des-sommer-grand-prix&catid=2:startseite[sayt ishlamaydi]. Retrieved 4 November 2012.
  3. See http://www.ladiesskijumping.com/pokaz.php?show=ps. Retrieved 5 January 2014.
  4. „История продолжается...“ (ru). Chulkovo Sport School. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.