Irene Kharisma Sukandar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irene Kharisma Sukandar

Irene Kharisma Sukandar (1992-yil 7-aprelda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi. U ayol grossmeyster (WGM) va xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlariga erishgan, Indoneziyalik birinchi ayol shaxmatchidir. U Gunadarma universitetini tamomlagan. U 2013-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sukandar 2019-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻldi.

Sukandar 2006-yildan 2010-yilgacha shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziya chempionatida, qatorasiga toʻrt marta gʻolib chiqqan. U 2004—2014-yillarda beshta ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009-yilda ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida, 2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon shaxmat olimpiadasida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Osiyo oʻyinlarida[1] Indoneziyani himoya qilgan. 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasida 3-bortda yakka tartibda kumush medal, blits-shaxmat boʻyicha jamoaviy bahsda bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].

Sukandar 2005-yil iyun oyida Tailandning Pattaya shahrida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan, „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatning 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida gʻolib boʻldi[3]. U 2006-yilda Jakartada oʻtkazilgan „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatida, 18 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida birinchi oʻrinni egalladi[4].

2008-yilning mart oyida Sukandar Ukrainaning Xarkov shahrida oʻtkazilgan „Rektor kubogi“ning ayollar oʻrtasidagi bahsida, ukrainalik shaxmatchi Galina Breslavskani tay-breykda magʻlub etdi[5]. 2010-yil iyul oyida Sukandar „Bruney Invitational IM“ turnirida Hindiston tashqi ishlar vaziri Ramnath Bhuvanesh bilan birinchi oʻrinni egaladi va Xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini qoʻlga kiritdi[6].

2012-yili Vetnamning Xoshimin shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi[7]. Ushbu gʻalaba tufayli, u 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi va bu huquqni qoʻlga kiritgan birinchi indoneziyalik boʻldi[8].

2013-yilning may oyida Sukandar Gretsiyaning Xalkidiki shahrida boʻlib oʻtgan, „Buyuk Aleksandr“ ochiq chempionatida gʻolib chiqdi[9]. 2013-yil dekabr oyida u Myanmaning Neypido shahrida boʻlib oʻtgan, 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida tezkor va blits-shaxmat boʻyicha ikkita shaxsiy oltin medalni qoʻlga kiritdi[10].

2014-yilda Sukandar oʻsha yili Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[11]. Ushbu gʻalaba unga 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining finaliga yoʻl olchdi.

U 2015-yilgi Moskva ochiq chempionatining G boʻlimida (talaba qizlar oʻrtasida oʻn nafar oʻyinchidan iborat davra turniri) 7,5/9 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan, Alina Kashlinskayadan ikki ochko oldinda gʻolib chiqdi[12].

2016-yilda u Virginia shtatining Herndon shahrida boʻlib oʻtgan „Continental Class chempionati“ning Master boʻlimida Julio Catalino Sadorra, Sergey Erenburg va Priyadharshan Kannappan[13] bilan birinchi oʻrinni egalladi[14].

2018-yilda u 5,5/9 ball toʻplagan holda „Doeberl Cup“ musobaqasining eng yaxshi ayol shaxmatchisi boʻldi[15]. 2018-yil noyabr oyida u 7,5/9 ball toʻplagan holda 2018-yilgi „Hjorth Open“ turnirida gʻolib chiqdi[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Irene Kharisma Sukandar team chess record at Olimpbase.org
  2. Musthofid (7 July 2013). „Indonesian chess team wins bronze“. The Jakarta Post.
  3. 6th ASEAN Age-Group Chess Championships (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan). Vietnamese Chess Federation.
  4. 7th ASEAN Age Group Chess Championships (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan). Vietnamese Chess Federation.
  5. Anastasiya Karlovich (13 March 2008). „Kharkiv: Rebellion of the Youngsters“. ChessBase.
  6. „Brunei Invitational IM Tournament“ (Wayback Machine saytida 2017-03-14 sanasida arxivlangan). Chessdom. 30 July 2010.
  7. „Indonesian wins Asian chess tournament“ (Wayback Machine saytida 2013-11-10 sanasida arxivlangan). The Jakarta Post. 13 May 2012.
  8. „Irene to make history after Asian victory“ The Jakarta Post. 16 May 2012.
  9. „Irene Kharisma Sukandar wins Alexander The Great Open“. FIDE.
  10. „The 27th SEA Games — Results“. FIDE.
  11. Sagar Shah (1 May 2014). „Irene Sukandar Asian Womenʼs Champion“. ChessBase.
  12. Albert Silver (8 February 2015). „Moscow Open won by Inarkiev and Tingjie“. ChessBase.
  13. „Continental Class Championships 2016 Standings — Master Section“ (Wayback Machine saytida 2023-04-23 sanasida arxivlangan). CCA Chess Tournaments.
  14. Open Standing After Round 5. Chess Stream.
  15. Sukandar. „Gareyev grabs O2C Doeberl Cup“. Chess Base. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  16. Ly. „Interview with 2018 Hjorth Open winner Irene Sukandar“. Chess Chat. Chess Chat. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]