Irakliy Abashidze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Irakliy Vissarionovich Abashidze (1909.10.11, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlogʻi — 1992) — gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya FA akad. (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—67). Gruziya Ensiklopediyasi bosh muharriri (1967-yildan). Asarlaridagi asosiy mavzu — shoirning insonparvarlik burchi, Gruziyaning hozirgi va oʻtmishdagi taqdiri ("Guriya yashna-yapti", 1950; "Yaqinlashish", 1966; "Bu qoʻshiqlar ham — Gruziyamga", 1971; she’riy toʻplamlari, "Rustaveli izidan" poemasi, 1966 va boshqalar). "Yuksak mahorat uchun"(1959), "Doʻstlar, yoʻllar, oʻylar" (1979) kitoblari muallifi. Oybek, Gʻafur Gʻulom va boshqa bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Zulfiya she’rlarini gruzin tiliga tarjima qilgan. Oʻzbek tilida "She’rlar" kitobi nashr qilingan (1962).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil