Iqtisodiyot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti — Oʻzbekistonda iqtisodiy tadqiqotlar olib boradigan yirik ilmiy markaz. 1943 yil 3 noyabr

da Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Iqti-sodiy tadqiqotlar byurosi negizida tashkil etilgan. Toshkent shahrida joylashgan. Institutda 5 boʻlim bor (oʻtish davri iqtisodiyotining umumiy nazariya-si; investitsiyalar samaradorligi muammolari; tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy ragʻbatlantirish muammolari; oʻtish davri iqtisodiyotining ijtimoiy muammolari; iqtisodiy institutegratsiya muammolari) (2002). Dastlabki yillarda 2 sektor va 2 boʻlim boʻlib, respublika miqyosida tarixiy-iqtisodiy tadqiqotlar olib borilgan. 50-yillarda respublika iqti-sodiy rayonlarining iqtisodiy maj-mualari muammolari, xalq xoʻjaligi tarmoqlari, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish masalalari, sanoat iqtisodiyoti, mehnat resurslari hamda mehnat iqtisodiyotiga oid ilmiy ishlar olib borildi. 60-yillardan boshlab institutda yirik ilmiy yoʻnalishlar va maktablar shakllandi: Oʻzbekiston iqtisodiyotining 20-asrning 20-yillardan keyingi davrda rivojlanishi va Osiyo hamda Afrika mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari (O. B. Jamolov); xoʻjalik mexanizmini takomillashtirish, xom ashyo resurslarini qayta ishlash samaradorligi, iqtisodiy institutegratsiya masalalari (I. I. Iskandarov); investitsiyalar samaradorligi, tabiiy-texni-ka fanlari yutuqlarini joriy qilish samaradorligi, Oʻzbekiston iqtisodiyo-tining jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishi muammolari (O. Hikmatov); aholi va mehnat resurslari muammolari (R. A. Ubaydullayeva); ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish metodologiyasi (K. N. Bedrinsev), Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarixi, sanoat majmuining shakllanishi va rivojlanishi muammolari (O. M. Aminov) oʻrganildi. Institut faoli-yati O. M. Aminov, K. N. Bedrinsev, O. B. Jamolov, S. K. Ziyodullayev, I. I. Iskandarov, K. I. Lapkin, R. A. Ubaydullayeva, O. Hikmatov va b. olimlar nomlari bilan bogʻliq.

Institut Oʻzbekistonda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti modelini shakllantirishning metodologik asoslarini, bozor iqtisodiyoti muammolarini oʻrganish boʻyicha yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. Oʻzbekiston va MDH, Yevropa va Osiyodagi yetakchi iqtisodiy, ilmiy va oʻquv muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi, turli mavzularda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazadi. Institut tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanishining 10 yillik tajribalari umumlashtirilgan "Oʻzbekistan: bozor iqtisodiyoti shakllanishining oʻn yilligi" monografi-yasi nashr etildi (2001). Institutda 120 xodim, shu jumladan, 27 fan nomzodi va 8 fan doktori ishlaydi (2002). Aspi-ranturasi bor. Institutda doktorlik va nom-zodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. Ilmiy toʻplamlar, monografiyalar nashr etadi.

Omon Hikmatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil