Iqtisodiy statistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iqtisodiy statistika - statistika tarmogʻi va davlat statistikasi organlari amaliy faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning miqdoriy tavsifini sifat mazmuni bilan bogʻliklikda, aniq makon va zamonda oʻrganadi. Xalq xoʻjaligini bir butunlikda oʻrganish uchun I.s. statistika fanining bir qismi sifatida xalqxoʻjaligi yigʻma koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqadi. Bu koʻrsatkichlar yordamida mamlakat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlari toʻgʻrisida har tomonlama miqdoriy tavsiflarberiladi. Ix. maʼlumotlari iqti-sodiy jarayonning va umuman iqtisodiyotning barcha asosiy jihatlarini doimiy tarzda miqdoriy jihatdan baholash imkoniyatini beradi. Bu maʼlumotlar, eng avvalo, davlat boshqaruv idoralariga iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun zarur.

I.s. mustaqil fan boʻlishi bilan birga iqtisodiy nazariya va b. amaliy iqtisodiy fanlarga chambarchas bogʻliq. Mac, nazariyotchilar tomonidan oʻrtaga tashlangan muayyan qarashlar statistik koʻrsatkichlar yordamida asoslanadi yoki iqtisodiy jarayonga tegishli statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish orqali iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar ifodalab beriladi.

I.s.da iqtisodiyotni oʻrganishga tizimli yondoshiladi; muayyan iqtisodiy jarayon oʻrganilayotganda bir nechta koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Birjarayenning turli jihatlarini aks ettiradigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga muvofiq kelishi muhim ahamiyatga ega. I.s.da tadqiq etiladigan hodisalarning oʻziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ommaviy (yalpi) kuzatish, tanlab kuzatish, statistik guruhlash, indeks usuli, kor-relyasion taxlil, balans va geografik usullar, xalqaro qiyosiy usullar kabi statistika usullari qoʻllaniladi. Ay-rim hollarda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.

Oʻzbekistonda I.s. amaliyoti bilan alohida vazirlik — Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va uning viloyat, shahar va tuman boʻlimlari shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil